Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

G’avvosning siqilishi.
Atrofdagi suv bosimiga qaraganda skafandr qattiq 
qismlarining (shlemining tagida) qisilishi tufayli bosimning pasayishi havoning 
hajmini kamayishi natijasida sodir bo’lib, bu o’ziga xos jarohatlanishning 
sababchisi bo’ladi. O’limga olib keluvchi og’ir jarohatlanishlar g’avvos kiyimining 
yuqori qismi yorilishi, g’avvosning oyog’i bilan yuqoriga aylanib ketishidan 
qaytarilmaydigan klapan bilan birgalikda shlangning yorilishi tufayli sodir bo’ladi.
G’avvos kiyimida havo hajmining kamayishi atrofdagi suv bilan ko’krak 
qafasining siqilishiga olib keladi. Agar bir vaqtning o’zida tashqi bosimga 
qaraganda shlem tagidagi bosim pasayganda bunda shlem qon so’ruvchi bankaga 
275


aylanadi. Bu o’z navbatida qonni organizmda tezda qayta taksimlanishiga hamda 
qonni boshi va bo’yniga ko’proq oqib kelishiga sababchi bo’ladi va natijada u 
xushini tezda yo’qotib o’lim sodir bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda bosimning 
keskin o’zgarishi tufayli g’avvos boshidagi shlemning siqilishidan kalla suyagi, 
umurtqa pog’onasining bo’yin qismi, umrov suyagi, kuraklari, qobirg’alarida 
sinishlar kuzatiladi.
Murdani kesib ko’rishda topilgan o’zgarishlarga qarab g’avvoslarning 
siqilishiga xos xarakterli belgilarning bo’lishi sud tibbiyoti tashxisida muhim 
ahamiyatga egadir. Murdani tashqi ko’zdan kechirishda uning boshi va bo’yni 
hajmining keskin kattalashganligi, yuzini ko’karib shishganligi ko’rinadi. Yuzida, 
ko’pincha og’iz burchagida terisini yorilib yirtilib ketganligi ko’zga tashlanadi. 
Ko’zining shilliq pardasida keng qon quyilishlar, qovog’ining keskin shishishi, 
ba’zan ko’z olmasining biroz chaqchayib chiqishi, ko’z kosasi kletchatkasida 
massiv qon quyilishlar topiladi. Umrov suyagi bo’ylab keng gorizontal joylashgan 
yo’lsimon qontalashlar aniqlaniladi.
Murdani ichki tekshirishda boshining soch qismi, yuzi va bo’ynidagi 
yumshoq to’qimalarda ko’zga tashlanuvchi shishish va diffuz qon quyilish borligi 
hamda bosh miya va miya pardasining keskin to’laqonligi va shishi, shuningdek 
miya moddasi, miyaning yumshoq pardasida qon quyilish ko’rinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish