O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
QUTURISH (Hydrophobia) 
Quturish kasalligi – neyrotrop virus qo‗zg‗atadigan, nerv tizimining kuchli 
zararlanishi (ensefalit belgilari) bilan kechadigan, bugungi kunda 100 foiz o‗lim 
bilan tugaydigan o‗ta xavfli zoonoz yuqumli kasallikdir. 


264 
Qutirish kasalligi qadim zamonlardan beri ma‘lum bo‗lib, itlarni tishlashi 
oqibatida kelib chiqishini birinchi marta Aristotel (miloddan avvalgi 4 asrda) yozib 
qoldirgan. Klinikasini 1-asrda yashagan Sels suvdan qo‗rqish (gidrofobiya) deb 
atagan. 
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1881-1888) qutirishga qarshi vaksina 
yaratgan. Rossiyada quturishga qarshi birinchi emlash I.I.Mechnikov va 
Gamaleyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1886 yilning 23 iyunida Rossiyaning 
Odessa shahrida quturishga qarshi stansiya tashkil etilib, unga I.I.Mechnikov 
rahbar etib tayinlanadi (bu dunyodagi ikkinchi "Paster stansiyasi" edi). 
O‗zbekistonda birinchi "Paster stansiyasi" 1906 yilda Toshkent shahrida tashkil 
etilgan. 
Shunday qilib, dunyoning qator davlatlarida quturish kasalligiga qarshi 
maxsus tibbiy yordam ko‗rsatish tizimi tashkil etiladi. 
Etiologiyasi. 
Quturish kasalligini o‗zida RNK saqlaydigan, Rabdoviridae 
oilasiga, Lussavirus avlodiga mansub bo‗lgan neyrotrop virus qo‗zg‗atadi. 
Bu viruslarning 2 xili (varianti) tafovut etiladi: "ko‗cha-yovvoyi" va 
fiksirlangan laboratoriya virusi. Ikkinchi xil virus L.Paster, Jamberlin va Rular 
tomonidan virusni quyon miyasining qattiq pardasiga yuborish (passaj) yo‗li bilan 
olingan. 
Bu attenuirlangan virusning patogenligi kam, so‗lak bilan ajralmaydi va 
o‗zida Babesh-Negri tanachasini saqlamaydi (ishlab chiqmaydi), lekin bu xil virus 
antigenlik, immunogenlik va gemmagglyutinatsiya qilish xususiyatlariga ega. 
Virusning aynan shu xususiyatlari Lui Paster tomonidan quturish kasalligiga qarshi 
vaksinani ishlab chiqarishiga asos bo‗lgan. Fiksirlangan virusning vaksina 
shtammlari "ko‗cha" (yovvoyi) virusiga nisbatan to‗laqonli immunitet ishlab 
chiqaradi, bu esa "ko‗cha" va fiksirlangan viruslarning antigenlaridagi 
umumiylikdan darak beradi. 
Virusning "ko‗cha" xili hayvonlar o‗rtasida sirkulyatsiya qiladi. Bu virus 
sutemizuvchi hayvonlar va odam uchun o‗ta patogen xisoblanadi, virus ularning 
so‗laklari bilan tashqi muhitga chiqadi. 1887 yilda Ruminiyalik olim V.Babesh va 


265 
1903 yilda italiyalik olim A.Negri quturishdan o‗lgan hayvonlar bosh miyasining 
ammon shoxi deb ataluvchi qismidagi hujayralarda dog‗ga o‗xshash oval 
shaklidagi tuzilmalar borligini aniqlagan ("Babesh-Negri tanachasi"). Keyinchalik 
esa boshqa olimlar ana o‗sha "dog‗"lar quturish virusi ta‘sirida paydo bo‗lishini 
isbotlaganlar. 1903 yilning o‗zida P.Remlenje kuturishni virus keltirib chiqarishini 
isbotlagan. 
Quturish kasalligining virusi o‗qsimon shaklga ega bo‗lib, o‗lchami 80-160 
nm ni tashkil etadi. Virus o‗zida 2 xil antigen saqlaydi (S va V antigenlari). 
Virusning S-antigeni, komplement biriktiruvchi va pretsipitatsiya qiluvchi 
antitelolarni, V-antigen esa (yuzaki) neytralizatsiya qiluvchi antitelo ishlab 
chiqishiga va immunitet shakllanishiga yordam beradi. Viruslar tashqi muhitga va 
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli emas, qaynatilganda, xloraminning 2-3 
foiz, lizolning 1-2 foiz, formalinning 1-5 foizli eritmalari ta‘sirida virus bir zumda 
halok bo‗ladi. 
Glitseringa solingan miya to‗qimasidagi viruslar bir necha hafta, sovutgichda 
esa bir necha yilgacha tirik saqlanganligi isbotlangan. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish