O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi
. Inkubatsion davr o‗rta hisobda 6-14 kundir, ba‘zida 30 kungacha 
cho‗ziladi. Kasallik birdan umumiy holsizlik, bezovtalanish va chaynov 
mushaklarining og‗riqli tortishishi, keyin yuz mushaklarining talvasali qisqarishi 
va tez orada og‗riq gavda mushaklariga o‗tishidan boshlanadi. Buning natijasida 
gavdaning yoyga o‗xshab egilishi, qorinning keskin taranglashishi, nafas 
buzilishlari rivojlanadi. Xarorat o‗rtacha ko‗tarilgan bo‗ladi. Ko‗p terlash va so‗lak 
oqishi kuzatiladi. Hastalik odatda og‗ir o‗tadi va o‗lim hollari ko‗p bo‗ladi. 
Kasallik klinik belgilarining og‗ir-engilligiga qarab, kasallikning yengil, 
o‗rtacha og‗ir, og‗ir va juda og‗ir turlari farq qilinadi. 
Qoqsholning yengil turida kasallikning asosiy klinik belgilari asta-sekin 
rivojlanadi, tonik talvasalar sust ifodalanadi, bunda o‗qtin-o‗qtin talvasa tutishi, 
infeksiya tushgan joyda mushaklar gipertonusi (mahalliy qoqshol) qayd qilinishi 
mumkin. Bunday holat bir necha hafta mabaynida saqlanib turishi va nom-
nishonsiz yo‗qolib ketadi. 
Og‗ir kechadigan qoqsholda qisqa inkubatsion davr (3—5 kun) bilan bilan 
boshlanadi. Kasallik o‗tkir, shiddatli boshlanadi. Trizm barvaqt paydo bo‗ladi, 
chaynov mushaklari spazmi boshqa mushaklar spazmi bilan almashadi, yutinish 
qiyinlashadi. 
Bezovtalanish, 
asabiylik, 
bosh 
og‗rishi 
kasallikning 
ilk 
belgilaridandir. Qoqshol tutqanog‗i kech paydo bo‗lib, uzoq vaqt davom etadi. 
Asfiksiya, qon aylanishining buzilishi, dizuriya kuzatiladi, shu bilan bir qatorda 
bemorlarda ko‗pincha beixtiyor siyish va axlat ajralishi mumkin. 


263 
Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda qoqshol tarqoq (generalizatsiyalashgan) turda 
kechadi, so‗rish akti buziladi, bezovtalik, yig‗loqilik paydo bo‗lib, bunga talvasalar 
qo‗shilib ketadi. Ilk bor tremor, blefarospazm qayd qilinishi mumkin. 
Tashxisi
. Shikastlanish anamnezida jarohatning ifloslanish ehtimoli borligiga 
ko‗rsatmalarni qo‗shgan holda, kasallikning tipik-klinik alomatlariga asoslanib 
qo‗yiladi. Qoqsholni strixnindan zaharlanish, isteriya, alveolyar yoki ensa abssessi 
(trizm), spazmofiliyadan ajrata bilish lozim. Chaqaloqlarda qoqsholni tug‗ruq 
natijasida kelib chiqadigan shikastlanishdan farq qilish zarur. 
Davosi
. Qoqsholga maxsus toksinni neytrallaydigan zardob jo‘natish bilan 
davo boshlanadi, bir marta 50 ming XB dozada muskul ichiga sinama 
o‗tkazilgandan so‗ng jo‗natiladi yoki immunoglobulin (mushak orasiga 6 ml), 0,5 
ml dan anatoksin bir kunda uch marta 3—5 kun oralatib yuboriladi. Bemorni 
tinchlantirish maqsadida sedativ va neyroleptik dorilar qo‗llaniladi (diazepam, 
seduksen, aminazin, GOMK, dimedrol va x.k.). Shu bilan bir qatorda yurak-tomir 
vositalari va antibiotiklar ham tayinlanadi. Kasallik og‗ir kechganda maxsus 
apparatlar yordamida boshqariladigan sun‘iy nafas oldirishni qo‗llagan holda 
renimatsion davo ko‗rsatiladi. Bemorlarni respublika, viloyat va shaxar 
shifoxonalarining ixtisoslashtirilgan bo‗limlarida davolash kerak. 
Profilaktikasi
. Maxsus profilaktika bo‗g‗ma, ko‗k-yo‗tal va qoqsholga qarshi 
assotsirlangan vaksina (AQDS) tarkibiga kiradigan qoqshol anatoksini bilan faol 
immunlash, shuningdek, shikast yetganda emlanmaganlarni faol sust immunlash 
(0,5 ml anatoksin, maxsus immunoglobulinni 3 ml miqdorda 5 kun oralatib 
yuborish) yo‗li bilan amalga oshiriladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish