O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Yuqish mexanizmi
. OIV – infeksiya yuqish mexanizmi muloqot yo‗li. OIV – 
infeksiyasi tabiiy va sun‘iy yo‗llar bilan yuqadi. Hozirgi vaqtda odam immun 
tanqisligi virusini 3 ta yuqish yo‗li isbotlangan: 
1.
Jinsiy aloqada – tabiiy yo‗l. 
2.
Vertikal – onadan homilaga yoki bolaga – tabiiy yo‗l.
 
3.
Parenteral – OIV yuqtirgan odamni qoni quyilganda, qon preparatlari 
ishlatilganda, to‗qimalar yoki a‘zolarni transplantatsiyasida, hamda bitta shprits 
yoki ignani sterilizatsiya qilmasdan foydalanganda – sun‘iy yo‗l.
 
Jinsiy yo„l
- getoro (erkak va ayol) va gomo (erkak va erkak) jinsiy yo‗l 
bilan aloqada infeksiya yuqadi. 
Vertikal yo„l
- OIV yuqtirgan onani homiladorlik vaqtida homilaga, tug‗ish 
vaqtida va ko‗krak suti bilan boqishda bolaga yuqadi.
 
Transplatsentar yo„l
(homiladorlik vaqtida) va intranatal mexanizm (tug‗ish 
vaqtida), hamda postnatal – ko‗krak suti bilan emizishda.


278 
Parenteral yo„l
– qon va qon preparatlarini quyishda, to‗qima va a‘zolarni 
ko‗chirib 
o‗tkazishda, zararlangan ignalardan foydalanishda, shpritslar, 
sterillanmagan tibbiy uskunalar yordamida yuqadi. 
Parenteral yo‗l bilan narkotik moddalarni tomir ichiga oluvchilardan yuqishi 
mumkin. Bunda o‗tkazuvchi omil bo‗lib zararsizlantirilmagan shprits va ignalarni 
umumiy ishlatish hamda qon qo‗shilgan narkotik moddani o‗zi bo‗lishi mumkin.
Maishiy yo‗l, ya‘ni soqol oladigan asboblarni yoki boshqa sanchuvchi
narsalar orqali yuqishi ham mumkinligi e‘tirof etilgan. 
Oilada virus shahsiy gigiena uchun ishlatiladigan narsalar (tish cho‗tkasi, 
lezviya, o‗tkir va sanchuvchi asboblar va terini butunliligini buzadigan asboblar) 
orqali yuqishi mumkin. Ammo umumiy ishlatiladigan idishlar, xovuzda birga 
cho‗milish, umumiy xojatxonadan foydalanish orqali yuqmaydi.
OIV virusi qon so‗ruvchilar (bit, kana va boshqalar chaqishi) orqali yuqishi 
isbotlanmagan. OIV-infeksiyasi bilan zararlangan qon quyilganda 90% hollarda 
retsipient yuqtiradi. Jinsiy aloqa orqali yuqishi ancha past. Davolash 
muassasalirida kasallikni yuqishi qon quyishda, uni preparatlarini ishlatishda, 
tibbiy instrumentlarni yaxshi ishlov bermasdan qayta ishlatishda yuqadi. OIV 
infeksiyasini kasalxona ichki infeksiyasini tarqalishini oldini olishda, xar bir
tibbiy yordam uchun murojaat qilganni potensial immun tanqis virusi tashuvchisi 
deb qarash kerak.
Bir marta ishlatiladigan shpritslar, ignalar va instrumentlardan foydalanish 
kerak. Dezinfeksiya, sterilizatsiyadan oldingi tozalov va tibbiy laborator 
instrumentlarni sterilizatsiyasida qoidaga qattiq rioya qilish kerak. Tibbiy yordam 
ko‗rsatishni hamma turida ehtiyot choralarini ko‗rish zarur. Davolash profilaktika 
muassasasini xar bir xodimi bemorlarga yordam ko‗rsatishda OIV yuqish havfini 
eslashi lozim. Kasalxonalarni xar bir bo‗limida tibbiy instrumentlarni 
zararsizlantirish va sterilizitsiyadan oldingi tozalovni o‗tkazish zarur. Tibbiy 
xodimlar virus yuqtirmasligi uchun dezinfeksiya va sterilizatsiya koidalariga amal 
qilishi kerak.


279 
Tibbiy xodim ish o‗rnida O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash 
Vazirligi hujjatlari, ko‗rsatmalaridan ko‗chirmalar bo‗lishi kerak. Tibbiy
muolajalar vaqtida OIV infeksiyasini yuqishini oldini olish uchun ehtiyot chorasini 
ko‗rishi, butun muolajalar rezina qo‗lqoplarda, maxsus himoya kiyimida (xalat, 
niqob, zarur bo‗lsa ko‗zoynak) bo‗lishi kerak. Iloji boricha o‗tkir sanchuvchi 
instrumentlar kamroq ishlatilgani ma‘qul. Bemor qonini teriga, shilliq qavatlarga, 
zararlangan a‘zolarga tushishini oldini olishda: 
-
zararlangan teri (yorilgan, kesilgan, shilingan) qismini leykoplaster bilan 
berkitish; 
-
agarda bemor qoni ajratmalari sachrashi ehtimoli bo‗lsa yoki bemorni qon va 
zardobi bilan manipulyatsiya qilinsa, himoya ko‗zoynagini, niqob taqish; 
-
bemor qoni va suyuq ajratmalari tahlilxonaga jo‗natishdan avval maxsus 
konteyner yoki qopqog‗i berkiladigan bikslarga joylash kerak.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish