O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Patogenezi
. OIV odamga virus saqlovchi materialni qonga yoki shilliq 
qavatga to‗g‗ridan to‗g‗ri tushishida kuzatiladi. Yuqqan organizm qonida 
virusemiya 10-20 sutkada eng yuqori darajaga chiqadi va maxsus antitela ishlab 
chiqarilguncha davom etadi (serokonversiya davri). Odam organizmiga kirib, 
qo‗zg‗atuvchi to‗g‗ridan to‗g‗ri juda ko‗p, xar xil tipdagi differensiallangan 
hujayralarni: 
eng 
avvalo 
SD4 
– 
limfotsitlarni 
(xelperlar), 
hamda 
monotsit/makrofaglarni, 
o‗pka 
alveolalari 
makrofaglarini, 
Langergans 
hujayralarini, 
limfatik 
tugunni 
follikulyar 
dendrit 
hujayralari, 
miyani 
oligodendrogliya va astrotsit hujayralari, ichakni epitelial hujayralari, bachadon 
bo‗yni hujayralarini zararlaydi.
OIV infeksiyasini patogenezini asosiy jarayonlaridan biri provirusni 
faollashishi xisoblanadi. Hozirgi vaqtda, immunosupressiya asosida virusni 
sitopatik ta‘siridan tashqari, qator ta‘sir qiluvchi jarayonlar aniqlangan. Kasallikni 
boshlang‗ich davrini kechishida virusga qarshi antitelolarni ishlab chiqarish ketadi. 
Bunday antitelolar virusni ma‘lum bir qismini zararsizlantiradi, ammo infeksion 
jarayonni to‗xtatib qola olmaydi. Virus immun tizimiga oldingi zarbaga javob 
bermasdan turib, qayta zarba beradi. Sirkulyatsiyadagi immun komplekslari virusni 


280 
antigeni va unga hosil bo‗lgan antitelolari infeksiyani tarqalishiga yordam beradi. 
Ularni tarkibida viruslar hech qanday to‗siqsiz qon va to‗qimalarga kirib sezuvchi 
hujayralarni zararlaydi. Bundan tashqari, qandaydir noma‘lum sabab bilan inson 
komplementi virusni zararsizlantira olmaydi. Jiddiy autoimmun jarayon yuzaga 
keladi. Antitelo zararlangan hujayrani parchalashi mumkin.
OIV kasalligi virusi asosan, T-xelper/induktorga nisbatan moyilligi borligi 
tufayli, ushbu limfotsitlarda ko‗payib, ohiri ularning parchalanishiga olib keladi. 
Kasallikning rivojlanishi natijasida, T-xelper/induktorlar soni kamayib, immun 
tanqisligi rivojlanadi.
Birinchi vaqtlarda organizm immun sistemasi me‘yorda ishlayotganida 
OIVning rivojlanishini biroz ushlab turadi, lekin infeksion jarayon faollashishini 
bosib tura olmaydi. 
Immun sistemaning jarohatlanishi borgan sari chuqurlashib borishi tufayli 
virusning agressivligini ushlab turish qiyinlashib boradi. Keyinchalik immun tizim 
butunlay ishdan chiqqandan so‗ng, virus hech bir to‗siqsiz o‗ta tez ko‗paya 
boshlaydi.
Rasm 46. OIV -1 virusi rivojlanish sikli (SSV ni № 81 buyrug‗idan). 
Kasallikning rivojlanishida 2 ta omilni ajratish mumkin: 
1)
virusning to‗g‗ridan – to‗g‗ri ta‘siri; 
2)
hujayralarning jarohatlanganligi tufayli. 


281 
To‗g‗ridan – to‗g‗ri ta‘sir tufayli limfotugunchalar kattalashadi, tana xarorati 
oshadi, bemor ozib ketadi, ichi o‗tadi, nevrovegetativ buzilishlar ro‗yobga chiqadi.
Virus T-xelperlarda yaxshi ko‗payadi va uni halokatga olib keladi, natijada 
ularning soni ozaya boshlaydi. Bu jarayon o‗ta sekin boradi - yillarga cho‗zilib 
ketishi mumkin. Borgan sari immun sistema ishdan chiqa boshlaydi.
T-xelperlar soni me‘yorda 1 ml
3
da 500 dan 1500 gacha bo‗ladi. Agar 
ularning soni 200 tadan oz bo‗lsa, OIV- kasalligi OITS bosqichiga o‗tadi. T-xelper 
immun tizimning ishlashida katta ahamiyatga ega va muvofiqlashtiruvchi 
xisoblanadi. Ma‘lumki, immun tizimi rak hujayralarining rivojlanishiga yo‗l 
qo‗ymaydi, mikrob, virus, zamburug‗, parazitlardan saqlaydi, ularning 
ko‗payishiga to‗siq bo‗ladi. 
Ushbu tizimning ish faoliyati buzilishi tufayli OITS rivojlanib rak, xar xil 
opportunistik – OITS – indikator kasalliklar paydo bo‗ladi. 
Sog‗ organizm bemalol kurashadigan infeksiyalarni surunkali va faol kechishi 
kuzatiladi. Ushbu infeksiyalar faollashishi, ikkilamchi infeksiyalar qo‗shilishi, rak 
kasalliklarini rivojlanishi bemorni o‗limga olib keladi. OIV nafaqat immunotrop, 
neyrotrop ham xisoblanadi.
Bu kasallikni yuqtirishni o‗zi bemor uchun kuchli patologik stress bo‗lishini 
unutmaslik kerak. Infeksion patologik jarayonga teri, shilliq qavatlar, oshqozon-
ichak epitelial hujayralari, Langergans hujayralari qo‗shiladi.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish