O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxisi. 
Kasallikka bemordan olingan epidemiologik anamnez natijalariga 
(hayvon tishlagani, tirnagani yoki jarohatlangan joyiga so‗lagi tekkani, tishlagan 
hayvonning o‗lgani) hamda kasallikning o‗ziga hos klinik belgilari (gidrofobiya, 
aerofobiya, fotofobiya, akustofobiya, so‗lak oqishi, bezovta bo‗lish)ga qarab, 
tashxis qo‗yiladi. Bemordan epidemiologik anamnez yig‗ilganda, oxirgi bir yil 
davomida sodir bo‗lgan tishlanishlar surishtirilishi lozim, bemorga epidemiologik 
anamnezni 
nechog‗lik 
ahamiyatliligini 
tushintirib, 
undan 
qayta-qayta 
"tishlanganligi" bo‗yicha ma‘lumotlarni olishga xarakat qilish kerak, aks holda 
ko‗zlangan maqsadga erishish qiyin bo‗ladi. Kasallikning boshqa yuqumli 
kasalliklarda uchramaydigan o‗ziga hos belgilarini (suvdan, havodan, tovushdan va 
yorug‗likdan qo‗rqish) bemorda sun‘iy qo‗zg‗atish (imitatsiya) natijasida ham 
ro‘yobga chiqarish mumkin. Quturishdan o‗lgan odam miyasining ammon shoxi 
deb ataluvchi qismi va uzunchoq miyasi laboratoriya usulida tekshirilganda, ularda 
Babesh-Negri tanachalari (dog‗lari) aniqlanadi (80-85 foizida). Tishlagan hayvon 
o‗lganidan keyin, uning boshi olinib, miya to‗qimasi veterinariya laboratoriyasida 
virusologik tekshiruvidan o‗tkaziladi va olingan musbat natijadan kasallikka 


271 
retrospektiv yakuniy tashxis qo‗yishda foydalaniladi. Kasallik tashxisotida 
biologik usul ham qo‗llaniladi, bunda quturish kasalligidan o‗lgan odam yoki 
hayvon miyasidan tayyorlangan emulsiya quyonning miyasiga yuboriladi va keyin 
tekshiriladi. O‗lgan odam yoki hayvonning miya to‗qimasi gistologik usulda 
tekshirilganda, ulardan Babesh-Negri tanachasini aniqlanishi, kasallikning 
laboratoriya tashxisotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Qiyosiy tashxisoti. 
Quturish kasalligida, ayniqsa kasallikning qo‗zg‗alish 
davrida o‗ziga hos klinik alomatlarning mavjudligi (gidrofobiya, aerofobiya, 
fotofobiya, akustofobiya, so‗lak oqishi, bezovta bo‗lish) hamda bemorning 
epidemiologik anamnezida hayvonlar tishlaganligi (so‗lagi tekkani, tirnaganligi) 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni borligi, kasallikka klinik-epidemiologik tashxis 
qo‗yishda uncha qiyinchilik tug‗dirmaydi. Kasallikning boshlang‗ich davrida, uni 
qoqshol, atropindan zaharlanish, poliomielit va nerv tizimiga hos boshqa ayrim 
kasalliklardan farqlash kerak bo‗ladi. Qoqsholda kasallik belgilari asta-sekin 
rivojlanadi, mushaklarning tetanus holda tortilishi va qisqarishi, sardonik kulish, 
trizm qayd etiladi. 
Bemorning es-xushi saqlanadi, gallyutsinatsiyalar kuzatilmaydi. Bemorning 
epidanamnezida hayvonlar tomonidan tishlanmaganligi, badaniga mix yoki boshqa 
o‗tkir jism kirganligi (suqilganligi), kesilganligi va boshqa teri va shilliq qavatning 
butunligini buzilishi bilan kechadigan holatlar bo‗ladi. Atropin bilan zaharlanishda, 
bemorning og‗zi-tomog‗i quriydi, yutinishi qiyinlashadi, gapirishlari o‗zgaradi, 
diplopiya, yorug‗likdan qo‗rqish paydo bo‗ladi, yaqindan ko‘rish yomonlashadi, 
ko‗z qorachig‗i kengayadi va unga yorug‗likni ta‘siri pastlaydi. Bemor bezovta 
bo‗ladi, ko‗ziga xar xil narsalar ko‗rinadi (gallyutsinatsiya), tutqanoq tutadi, 
keyinchalik hushini yo‗qotib, koma holatiga tushadi. Quturishdan farqli o‗larok 
atropindan zaharlanishda, bemorga ko‗rsatilgan tibbiy yordam (oshqozonni yuvish, 
dori-darmonlar qabul qilish) o‗z samarasini beradi. Quturishga gumon qilingan 
bemorni ko‗rishda tayinlangan vrachlar konsiliumi tarkibida nevropatolog, 
rabiolog, epidemiolog bo‗lishi shart. Bemordan olingan epidanamnez, kasallikda 
o‗ziga hos klinik belgilarlarning mavjudligi va uning kechishi, shuningdek 


272 
o‗tkazilgan laboratoriya tekshirish natijalari hamda hududdagi epizootologik holat 
quturish kasalligining qiyosiy tashxisotida muhim o‗rin tutadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish