O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Patogenezi. 
Quturish neyroinfeksion kasallik bo‗lib, so‗lak-nevral yo‗l bilan 
o‗tadi. Virus odam organizmiga quturish kasalligiga chalingan hayvonning 
tishlashi va ajragan so‗lakni jaroxatga tushishi natijasida, jarohatlangan joydan 
(teri va shilliq qavatlar) kiradi. Hayvon so‗lagidagi viruslar nerv tolalari bo‗ylab 
bosh va orqa miyaga yetib boradi va u yerda ko‗payib, nerv hujayralarini 
shikastlaydi hamda nerv to‗qimalaridagi chuqur o‗zgarishlar yuz berishiga sabab 
bo‗ladi. Bemorda dastlab reflektor qo‗zg‗alish sodir bo‗ladi, so‗ngra esa paralich 
jarayoni rivojlanadi. Virus markaziy nerv tizimi to‗qimalarida ko‗payib, so‗ngra 
nerv tolalari bo‗ylab xarakat qiladi va ichki organlarga, jumladan so‗lak bezlariga 
o‗tadi. Shu sababli bemordan so‗lak juda ko‗p miqdorda ajraladi. 
Klinikasi. 
Odamlarda qayd etiladigan quturish kasalligining inkubatsion 
davri 7 kundan 1 yilgacha, hatto undan ham ko‗prok davom etishi mumkin. Ayrim 
olimlar quturish kasalligidagi o‗rtacha inkubatsion davrni 10-14 kun deb hisoblasa, 
boshqalari bu davrni 30-90 kun deb e‘tirof etishadi. Bu davrning qisqa yoki uzoq 
davom etishi virusning patogenligiga, makroorganizmning reaktivligiga, tishlagan 
quturgan hayvonning turiga, jarohatning qaerda joylashganligiga, katta-
kichikligiga va chuqur-yuzakiligiga bog‗liq bo‗ladi. Bolalarda inkubatsion davr 
qisqaroq bo‗ladi. Jarohat bosh va yuzda bo‗lsa, kasallikning inkubatsion davri 
qisqaradi. 
Quturish klinikasining kechishiga qarab, uch davrga bo‗linadi: boshlang‗ich, 
qo‗zg‗alish va falaj davrlari. Kasallikning boshlang‗ich davri 1-3 kun davom etadi. 


268 
Tishlangan joy qichiydi, tortishib og‗riydi, bitgan jarohat va chandiq takroran 
yallig‗lanadi. Bemor tushkunlikka tushadi, odamlar bilan muloqotdan qochadi, 
uyqusi buzilib, ishtahasi bo‗g‗iladi, unda qo‗rquv xissi paydo bo‗ladi, kayfiyati 
o‗zgarib turadi, atrofga loqayd bo‗ladi. Bemorning tana xarorati subfebril darajaga 
ko‘tarilishi kuzatiladi, eshitish va ko‗rish qo‗zg‗atuvchilariga nisbatan sezgirlik 
oshadi. Kasallik boshlangandan 2-3 kun o‗tgach, bemorda qo‗zg‗alish, ya‘ni 
kasallikning avj olish davri boshlanadi. Bemorning tana xarorati ko‗tariladi, qon 
tomirlarining urishi tezlashadi, suvni ko‗rganda, hattoki suv to‗g‗risida eshitganda 
yutish muskullari tortishib, qisqarib, qattiq og‗riydi, ya‘ni bemorda gidrofobiya 
alomati paydo bo‗ladi. Shundan keyin bemorda havodan qo‗rqish (aerofobiya) 
alomati qo‗shiladi. Havoni xarakati yoki bemorni biror bir narsa bilan yelpiganda 
(sochiq, qog‗oz va h.), bemor bo‗g‗iladi, talvasaga tushadi. Xuruj yorug‗likdan 
(fotofobiya), baland ovoz va shovqindan ham (akustofobiya) vujudga keladi. 
Bemorning xarorati +38°C gacha ko‗tariladi, ovozi bo‗g‗iladi, badani terlab, 
so‗lagi oqadi, hiqichoq tutadi, ko‗z qorachig‗i kengayadi, oyoq-qo‗llari og‗riydi. 
Ko‗zlari bir narsadan qo‗rqqandek ko‗rinadi. Tomirning tez-tez urishi davom etadi 
(taxikardiya), nafas olish yuzaki va tartibsiz bo‗ladi, vaqti-vaqti bilan bemor 
chuqur nafas oladi. Muskullari tortishib talvasalanish nafas va yutish 
muskullaridan boshlanib, keyin barcha muskullarga tarqaladi. 
Bemorning uyqusi buziladi, o‗z-o‗zini tishlaydi. Es-hushi kirdi-chiqdi bo‗lib 
qoladi, keyinchalik bemorning ko‗ziga yo‗q narsalar ko‗rinadi (gallyutsinatsiya), u 
alaxsiraydi. 
Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikdagi yorqin 
gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya, akustikofobiya belgilari boshqa kasalliklarda 
uchramaydi va bu alomatlar muhim tashxisiy ahamiyatga ega. Kasallikning 
uchinchi, ya‘ni falaj davrida suvdan, havodan, shovqindan va yorug‗likdan 
qo‗rqish belgilari ancha kamayib, bemor tinchlanadi, yutish tiklanadi, ovqatlangisi 
keladi. Lekin tana xarorati yuqori darajaga ko‘tarilib, so‗zlarni aniq va tiniq ayta 
olmaydi. Shundan keyin oyoqlar falaji boshlanadi (paraplegiya). Oradan 15-20 
soat vaqt o‗tgach, tananing boshqa muskullari ham falaj bo‗la boshlaydi. 


269 
Bemordan ko‗p so‗lak oqishi davom etadi, tana xarorati yana ko‗tariladi. Shu 
holatlar davom etib, bemor yurak-tomir faoliyati yetishmasligi yoki nafas 
markazining falaji oqibatida o‗ladi.
Bugungi kunda quturish kasalligi 100 foiz o‗lim bilan tugaydi, bu kasallikda 
o‗lim muqarrar. Quturish kasalligida qiynoqli o‗lim kuzatiladi. Bu to‗g‗rida 
mashhur rus olimi D.Samoylovich quyidagicha fikr bildirgan: "Insoniyat Dunyoga 
kelibdiki, qanchadan-qancha kasalliklarni boshidan kechirgan, ammo quturish 
kasalligiga chalingan bemor ahvolini ko‗rishdek qo‗rqinchli va dahshatliroq holat 
bo‗lmasa kerak." 
Haqiqatdan ham, quturish kasalligi bilan hayvon kasallanadimi, odam 
kasallanadimi, yakuni aniq - dahshatli o‗lim. Shu bois ham biz kasalni davolashni 
emas, bu kasallikda o‗lim haq, biz bu dahshatli va o‗ta xavfli yuqumli kasallikning 
oldini olishni o‗ylashimiz va barchamiz kasallikdan saklanishni, ya‘ni o‗zimizni va 
boshqalarni hayvonlar tishlashiga yo‗l qo‗ymaslik choralarini ko‗rish bilan 
shug‗ullanishimiz kerak. 
Quturish kasalligi turli hayvonlarda turlicha kechadi va kasallik kechishining 
o‗ziga hos xususiyatlari bor. Itlarda kasallikning inkubatsion davri 2-8 hafta davom 
etadi, ba‘zida bu davr 8 oygacha, hatto 1-2 yilga cho‗zilishi ham mumkin. 
Kasallikning birinchi kunlari it egasiga itoat qilmaydi, uni chaqirganiga kelmaydi, 
yashirinishga xarakat qiladi, keyinroq yeb bo‗lmaydigan, duch kelgan narsalarni 
(tosh, daraxt, latta va h.) g‗ajiydi va yutadi. Itning nafas olishi tezlashadi, ko‗z 
qorachiqlari kengayadi, og‗zidan juda ko‗p so‗lak oqadi, xurishi o‗zgaradi, bo‗g‗iq 
bo‗ladi. Kasallikning ikkinchi, ya‘ni qo‗zg‗alish davri 2-3 kundan so‗ng 
boshlanadi va bu davr 2-4 kun davom etadi. It egasini tanimaydi, unga umuman 
bo‗ysunmaydi, xurmay qo‗yadi, tovushi bo‗g‗ilib, chiqmay qoladi, qusadi. To‗g‗ri 
yo‗nalishda chopib ketadi va duch kelgan narsaga o‗zini tashlaydi, tishlaydi. It 
shunday holatda bir kunda 50 km gacha masofa bosishi mumkin. Shundan keyin 
oyoqlarida paralich boshlanadi. It xarakat qilganida, faqat oldingi oyoqlariga 
tayanadi. 5-6 kundan keyin it o‗ladi. 


270 
Quturishga chalingan it so‗lagi bilan virusni yashirin davrning oxirgi 10 
kunida va butun kasallik davrida ko‗p miqdorda tashqi muhitga chiqaradi. 
Mushuklarda quturish kasalligi to‗satdan qo‗zg‗alish bilan boshlanadi, mushuk 
juda tajovuzkor va hujumkor bo‗lib qoladi, odamlarga, boshqa hayvonlarga 
tashlanib tishlaydi va tirnaydi, keyin unda paralich boshlanib, kasalligining 2-4 
kunlari o‗ladi. Yovvoyi hayvonlarda ham (bo‗ri, chiya bo‗ri, tulki va h.) quturish 
kasalligi juda shiddatli kechadi, kasallik ularda qo‗zg‗alish bilan boshlanadi. Ular 
odamdan umuman qo‗rqmaydi, to‗g‗ri kelgan hayvonlarga, odamga hujum qiladi. 
Tishlab, g‗ajib ketaveradi. Masalan, quturgan bo‗ri soatiga 80 km masofani bosishi 
mumkin, yo‗l-yo‗lakay ular duch kelgan odamlarni, hayvonlarni tishlaydi, ko‗p 
jarohat yetkazadi. Ularda ham falaj boshlanib, kasalligining 5-6 kunlari o‗ladi. 
Hayvonlarda quturish kasalligi boshlanganda, ularni erta izolyatsiya qilish, 
hayvonlar va odamlar o‗rtasida kasallikning tarqalib ketmasligini ta‘minlaydigan 
eng muhim tadbirdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish