Davolash.
Bemor albatta kasalxonaga yotqizilib, alohidalanishi kerak.
Kuydirgini davolashda antibiotiklar (penitsillin, sefalosporin preparatlari,
gentamitsin, levomitsetin) yaxshi samara beradi. Penitsillinni kuniga 6-24 mln. TB
dan 7-8 kun davomida beriladi.
Kasallikning septik turlarida sefalosporin (bir kunda 4-6 g), levomitsetin
natriy suksinat (3-4 g), yoki gentamitsin (240-320 mg dan) beriladi.
Antibiotiklar bilan bir vaqtda kuydirgiga qarshi immunoglobulin qo‗llanadi.
Gammaglobulin kasallikning yengil xilida 20 ml dan, o‗rtacha og‗ir va og‗ir
kechganida 40-80 ml dan yuboriladi.
Bulardan tashqari, bemorning holatiga qarab antitoksik davolash va shokning
oldini olish choralari ko‗riladi. Kuydirgining teri shaklida jarrohlik usullarini
qo‗llash sepsis rivojlanishiga olib keladi, shuning uchun bunday muolajalar qat‘iy
taqiqlangan. Bemor yolg‗iz kishilik palatada yoki boksda alohidalangan xolda
yotishi va o‗rinda yotish tartibiga qat‘iy amal qilishi kerak. Uning parvarish
buyumlari alohida bo‗lishi va ular bug‗li va bug‗-farmalinli kameralarda
258
dezinfeksiya qilinishi lozim. Chiqindilar quruq xlorli ohak, yoki kalsiy
gipoxloridning 2/3 asosli tuzi bilan 1:2 nisbatda (siydik uchun 1:10 yoki 1:20)
qo‗shiladi va obdon aralashtirib, yopiq idishda 2 soatga qoldiriladi, so‗ngra
kanalizatsiyaga yoki hovli xojatxonasiga to‗kiladi. Yaraga ishlatilgan bog‗lov
materiallari, qon, balg‗am va boshqa chiqindilar tekkan materiallar yoqib
tashlanadi. Bemorlarni ko‗rish va parvarishda qatnashgan barcha tibbiyot
xodimlari ehtiyot choralariga rioya qiladilar: rezina qo‗lqop taqishlari, kasallikning
o‗pka turida dokali burun bog‗ichi va himoyalovchi ko‗zoynak taqishlari kerak.
Bemorlarni kasalxonadan chiqarish - teri shaklida - yara chandiq hosil qilib,
bitganidan keyin; septik shakllarida - ikki marta (5 kun oralatib) o‗tkazilgan
bakteriologik tekshiruvlar manfiy natija bergandan keyingina amalga oshiriladi.
Kuydirgidan o‗lgan hayvon va odam jasadi kuydiriladi, yoki 20% li xlorli oxak
eritmasiga ho‗llangan choyshabga o‗ralib, maxsus tobutga solinadi va 2 m
chuqurlikda ustiga quruq xlorli ohak sepib ko‗miladi.
Profilaktikasi.
Kuydirgiga qarshi chora-tadbirlarni veterinariya va tibbiyot
xodimlari birgalikda olib boradilar. Kasallik manbalarini yo‗qotish veterinariya
xodimlari o‗tkazadigan tadbirlarning asosi xisoblanadi. Uy hayvonlari va ularning
mahsulotlari bilan ishlovchi shaxslar (zootexnik va veterinariya xodimlari, ferma,
qushxona, teri, jun zavodlari, mo‗yna fabrikalari ishchilari) maxsus kuydirgiga
qarshi vaksina bilan emlanadi. Infeksiya uchog‗ida bo‗lgan shaxslar, shuningdek
kasal hayvon, yoki ularning xom ashyosi bilan bevosita muloqotda bo‗lgan
kishilarga nisbatan ko‗riladigan shoshilinch profilaktika choralari sifatida ularga
kuydirgi gammaglobulini (20-25 ml) bilan penitsillin yuboriladi. Bu muolajalar 7-
10 kun davomida o‗tkazilganidan keyin vaksina bilan emlanadi. Gammaglobulinni
infeksiya og‗iz yoki nafas yo‗li orqali yuqqanida -5 kundan ortiq, teri orqali
yuqqanida — 10 kundan ortiq vaqt o‗tgandan keyin yuborish maqsadga muvofiq
emas. Bemor kasalxonaga yotqizilgandan keyin, uning uyida dezinfeksiya qilinadi.
Bemor bilan muloqotda bo‗lgan kishilar 8 kun davomida nazorat ostida bo‗ladilar
va ularga shoshilinch profilaktika choralari o‗tkaziladi.
259
Keng omma, ayniqsa qishloq aholisi va tegishli korxonalarning ishchilari
orasida sanitariya oqartuv ishlarini keng yo‗lga qo‗yish, kuydirgi kasalligi
tarqalishini oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |