Toshkent davlat yuridik universiteti


Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini 
ko‘rib chiqish natijalari boʻyicha qarori 
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq 
tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan 
kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi: 

 
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki 
uni rad etishni; 


161 

 
tadbirkorlik subyektini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi 
uchun javobgarlikka tortishni yoki uni rad etishni.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib 
chiqish natijalari boʻyicha qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1)
hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya, shuningdek, 
qo‘llanilgan jarima summasi; 
2)
o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan tadbirkorlik subyekti 
tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur 
holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar; 
3)
tadbirkorlik subyektini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun 
javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining muayyan huquqbuzarlikni va qo‘llaniladigan javobgarlik 
choralarini nazarda tutuvchi moddalari ko‘rsatilgan qaror; 
4)
soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish hamda hisoblangan 
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani to‘lash muddati; 
5)
tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatlarda soliqqa oid 
huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa 
majburiy to‘lovlar va penyani to‘lagan taqdirda uning jarima to‘lashdan 
ozod etilish huquqi. 
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari boʻyicha davlat 
soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish 
kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki 
tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul 
orqali soliq to‘lovchiga topshiriladi. Agar tadbirkorlik subyektiga qaror 
nusxasini topshirishning imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat 
bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan e’tiboran uch kun o‘tgach topshirilgan 
hisoblanadi. 
Tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat soliq xizmati organining 
qarorini bajarish tadbirkorlik subyekti davlat soliq xizmati organi 
qarorining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida 
qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda 
hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini 
to‘lashi shart.
Yuqorida ko‘rsatilgan muddatda soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf 
etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to‘lovlar va penya summasi 
to‘langan taqdirda davlat soliq xizmati organi qarorining tadbirkorlik 
subyektiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima qismi bekor qilingan 
hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan 


162 
tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa 
mashinalarining qo‘llanilish tartibini buzish hollariga tatbiq etilmaydi. 
Ammo belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf 
etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya 
summasi to‘lanmagan taqdirda davlat soliq xizmati organi soliqlar, boshqa 
majburiy to‘lovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini 
ko‘radi, shuningdek, tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llash 
to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi. 
Agar davlat soliq xizmati organining qarori budjetga hamda davlat 
maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik 
uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llanilishini nazarda tutsa, 
tadbirkorlik subyekti qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran besh ish 
kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga mazkur 
huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima 
to‘lashi to‘g‘risida yoki uni rad etishi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim 
etishi (yuborishi) shart. 
Tadbirkorlik 
subyekti 
soliqqa 
oid 
huquqbuzarliklarni 
sodir 
etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda belgilangan muddatda davlat soliq 
xizmati organiga jarimani (aniq muddatni ko‘rsatgan holda) ixtiyoriy 
ravishda to‘lash uchun zarur bo‘lgan muddat berish to‘g‘risida murojaat 
qiladi. Jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati 
organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari arizani olgan kundan e’tiboran 
ikki ish kunidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyekti tomonidan 
so‘ralgan muddatni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani 
ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmasligi kerak. Ammo 
tadbirkorlik subyekti davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, 
moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni undirish to‘g‘risida qaror 
qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga 
oshirishga haqli.
Mazkur qarorning nusxasi tadbirkorlik subyektiga tilxat olish orqali 
yoki tadbirkorlik subyekti qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi 
boshqa usul orqali topshiriladi. Agar tadbirkorlik subyektiga qarorning 
nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo‘lmasa, u pochta 
orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan uch kun o‘tgach 
topshirilgan hisoblanadi.


163 
Tadbirkorlik subyekti sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi 
aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash to‘g‘risidagi yoki 
uni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad 
etganligi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek, 
berilgan muddat ichida jarima to‘lanmagan taqdirda davlat soliq xizmati 
organi tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risidagi da’vo 
arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq 
xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi 
tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy 
emas deb topilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. 
 
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi 
ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llash Oʻzbekiston 
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq amalga 
oshiriladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish