Toshkent davlat yuridik universiteti


Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish 
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq 
tekshiruvi natijalari boʻyicha quyidagilar ko‘rsatilgan holda soliq 
tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi kerak: 
1)
tekshiruv o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; 
2)
tekshiruv o‘tkazish uchun asos; 
3)
tekshiruv turi va uni o‘tkazish davri; 
4)
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazgan mansabdor 
shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi; 
5)
yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
6)
yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik 
vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan 
mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
7)
tadbirkorlik subyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank 
rekvizitlari, shuningdek, uning identifikatsiya raqami; 
8)
avvalgi tekshiruv to‘g‘risidagi maʼlumotlar; 
9)
tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv o‘tkazish uchun soliq 
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy 
maʼlumotlar; 


158 
10)
soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud bo‘lganda) soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi 
mufassal tavsifi; 
11)
tekshiruv natijalari boʻyicha fikrlar va xulosalar. 
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari buzilganligi aniqlangan bo‘lmasa, bu haqida soliq tekshiruvi 
dalolatnomasida qayd etiladi. 
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. Soliq 
tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati 
organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari 
tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi 
tadbirkorlik subyektiga topshiriladi.
Tadbirkorlik subyekti soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda 
dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda 
imzo qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq 
xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Tadbirkorlik subyektining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq 
tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi. 
Tadbirkorlik subyekti soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh 
tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu 
haqida soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur 
holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi tadbirkorlik 
subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan 
e’tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi tadbirkorlik subyektiga topshirilgan 
kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, 
soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi 
bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, 
soliq tekshiruvi o‘tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek, soliq 
tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa 
hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim. 
Soliq tekshiruvi materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi belgilagan tartibga binoan tadbirkorlik subyekti davlat 


159 
roʻyxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq 
tekshiruvi tugallangan kundan 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish