Toshkent davlat yuridik universiteti


Hujjatlarni talab qilib olish



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Hujjatlarni talab qilib olish 
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan 
mansabdor shaxslari tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektidan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq, 


154 
tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli 
hujjatlarni talab qilib olishga haqli. 
Tadbirkorlik subyekti talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh 
tortgan taqdirda soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati 
organining mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksida nazarda tutilgan tartibda zarur hujjatlarni olib qo‘yishni amalga 
oshiradi. 
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish 
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi 
hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan 
davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori 
asosida qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan hujjatlar 
va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda soat 23:00 dan 6:00 gacha olib 
qo‘yish man etiladi. 
Soliq tekshiruviga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar va predmetlarni olib 
qo‘yish man etiladi. 
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va 
predmetlarni olib qo‘yish boshlanguniga qadar olib qo‘yish amalga 
oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish 
to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga 
ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va 
predmetlari olib qo‘yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda 
topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo‘yish 
choralarini ko‘radi. 
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish tadbirkorlik subyekti 
ishtirokida amalga oshiriladi. 
Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo‘yish xolislar hamda 
tadbirkorlik subyekti ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib 
qo‘yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib 
qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi. 
Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan 
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar 
ko‘rinishida olib qo‘yiladi. 


155 
Tadbirkorlik subyekti hujjatlari ko‘chirma nusxalarining olib 
qo‘yilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan 
hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari 
yo‘q qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar 
bo‘lgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi 
hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari 
olib qo‘yilayotganda ulardan ko‘chirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar 
davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi 
va kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib 
qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida ulardan ko‘chirma nusxa tayyorlash yoki 
tayyorlangan ko‘chirma nusxalarni berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda 
davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo‘yilgan shaxsga olib 
qo‘yilgan kundan e’tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq 
to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) 
tasdiqlangan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari olib qo‘yiladi. 
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda 
hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni 
bo‘lganda esa predmetlarning qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va 
tavsiflanishi lozim. 
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki 
nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib 
qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani 
qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda davlat soliq xizmati organining 
mansabdor shaxsi bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday 
holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo‘yilgan 
shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan 
kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish