6-mavzu: shaxsni o‘rganishning biografik metodlari reja



Download 16,77 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi16,77 Kb.
#761523
Bog'liq
6-MAVZU (15)


6-MAVZU: SHAXSNI O‘RGANISHNING BIOGRAFIK METODLARI
Reja:
1. Biografik metod asosida shaxs xarakteristikasini tuzish.
2. Biografik anketaning shakllantirilishi.
3. Tadqiqotni tashkil etish. Tekshiriluvchiga yo‘riqnoma.
4. Bayonnomani tuzish. Shaxs shakllanishi xronologik jadvali. Kontent-tahlil metodi.
Tayanch tushunchalar: Shaxsni o‘rganishning biografik metodlari. Biografik metod asosida shaxs xarakteristikasini tuzish. Biografik anketaning shakllantirilishi. Tadqiqotni tashkil etish. Tekshiriluvchiga yo‘riqnoma. Bayonnomani tuzish. Shaxs shakllanishi xronologik jadvali. Kontent-tahlil metodi.

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan garjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, mag-nitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uningsuhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmay-digan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lu-motlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, mu-siqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’navi-yat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivoj-lanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bil-dirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, na-zorat qilishi, idora etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o‘taydi.
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi.
Bu metod nafaqat psixologiyada, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham keng tarqalgandir. Bu metoddan ko’p hollarda, asosan, siyosiy psixologiya, reklama psixologiyasi, aloqalarda keng foydalaniladi. Kontent-analizni ishlab chiqish G. Lassuela, Ch. Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog`liq bo’lib, ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning mualliflaridir.
Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo’lib: 1) so’zlar; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4) personaj; 5) muallif va 6) yaxlit holdagi yo’llanma hisoblanadi. Ular bir mazmunda yanada umumiy tuzilish sifatida ko’rib chiqiladi. Kontent-tahlil ma`lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud.
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko’rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko’rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo’llab, undagi o’zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent - analiz birligini matritsa turidagi mujassam ko’rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo’llanmalarda erkinlik chastatosi A va V birlikda yoziladi.
Hamkorlikdagi to’qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u
R(AV)=R(A) x R(V)
Bir yo’llanmadagi ikki birlikning hamkorlikdagi ko’rinishlari belgilanadi.
To’qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasida keng tarqalgan.
Proektiv testlardagi natijalarni qo’llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi.
Ko’p vaqtni olishiga qaramay, kontent – analiz ko’pgina Yutuqlarga ega; tadqiqotchining sinaluvchini xulqiga nisbatan ta`siri, ma`lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metodni tarixiy hujjatlarning analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko’p qirrali ma`lumotlar analizi, psixosemantika rivojlanishida bog`lanish, «ikkinchi nafas» nomini oldi.
Download 16,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish