154
tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli
hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
Tadbirkorlik subyekti talab etilgan hujjatlarni
taqdim etishdan bosh
tortgan taqdirda soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati
organining mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksida nazarda tutilgan tartibda zarur hujjatlarni olib qo‘yishni amalga
oshiradi.
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi
hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan
davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining
asoslantirilgan qarori
asosida qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan hujjatlar
va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda soat 23:00 dan 6:00 gacha olib
qo‘yish man etiladi.
Soliq tekshiruviga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar va predmetlarni olib
qo‘yish man etiladi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va
predmetlarni olib qo‘yish boshlanguniga qadar olib qo‘yish amalga
oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish
to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok
etayotgan shaxslarga
ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va
predmetlari olib qo‘yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda
topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo‘yish
choralarini ko‘radi.
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish tadbirkorlik subyekti
ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo‘yish
xolislar hamda
tadbirkorlik subyekti ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib
qo‘yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib
qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi.
Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan ko‘chirma
nusxalar
ko‘rinishida olib qo‘yiladi.
155
Tadbirkorlik subyekti hujjatlari ko‘chirma nusxalarining olib
qo‘yilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan
hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari
yo‘q qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar
bo‘lgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi
hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari
olib qo‘yilayotganda ulardan ko‘chirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar
davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi
va kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga beriladi.
Hujjatlarni olib
qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida ulardan ko‘chirma nusxa tayyorlash yoki
tayyorlangan ko‘chirma nusxalarni berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda
davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo‘yilgan shaxsga olib
qo‘yilgan kundan e’tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq
to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
tasdiqlangan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari olib qo‘yiladi.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish bayonnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda
hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni
bo‘lganda esa predmetlarning qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va
tavsiflanishi lozim.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi
bayonnoma ikki
nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib
qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi.
Bayonnomani
qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda davlat soliq xizmati organining
mansabdor shaxsi bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday
holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo‘yilgan
shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan
kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: