Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati tushunchasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

6.2. Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati tushunchasi, 
prinsiplari va huquqiy asoslari 
Nazorat iqtisodiyotni va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solish vositalaridan bir hisoblanadi. Davlat nazorati davlat 
organlari tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan unga davlat 
hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri sifatida qarash lozim. 
Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati deganda 
tijorat va 
notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda 
normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi ustidan tekshirish va 
kuzatish tizimi tushuniladi. 
Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu 
jumladan prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. 
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy 
prinsiplari quyidagilardan iborat: 
a) nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va 
oshkoralik, ya’ni boshqa shaxslarning xohish-istaklaridan, ularning 
subyektiv irodalaridan qatʼi nazar, tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar 
xodimlari tomonidan suiisteʼmolliksiz biznes faoliyatida tekshirishlar 
o‘tkazishni tartibga soluvchi qonun normalari asosida amalga oshirishi 
lozimligi; 
b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish;
d) tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq 
qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq 
holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va 
noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi; 
e) tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik deganda nazorat qiluvchi 
organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi tushuniladi. 
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik 
faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlariga berilgan 
vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita 
bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishi mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning 
mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik 
subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash 
uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas. 
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
dehqon 
va 
fermer 
xo‘jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning 


143 
agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu 
mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo‘nalishini belgilash 
ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan 
xaridlar bundan mustasno. 
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy 
qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida tadbirkorlik subyektiga 
yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda qoplanadi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan 
tadbirkorlik faoliyatini tekshirish tadbirkorlik faoliyati subyektlari 
so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga 
oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortiladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish