134
Shartnoma
majburiyatlarini
buzganlik
uchun
mansabdor
shaxsning jinoiy javobgarligi.
Taraflarning
shartnomadan kelib
chiqadigan majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxs
jinoiy
javobgarlik
ka ham tortilishi mumkin.
135
5.5. Tadbirkorlik faoliyatida hisob-kitob munosabatlarini huquqiy
taʼminlash
Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi
hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz cheklanmagan holda
amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi
“Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha
birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5177-son farmoniga ko‘ra Oʻzbekiston
Respublikasi hududida tovarlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada
to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlangan, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro
to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno.
O‘zbekiston
Respublikasining
manfaatlariga xilof
ravishda bitimlar tuzish
(JK 175-modda)
Jinoiy javobgarlikka
sabab bo‘ladigan xatti-
harakatlar
Hokimiyat yoki
mansab vakolatini
suiiste’mol qilish
(JK 205-modda)
Bankrotlikni yashirish
(JK 181-modda)
Xavfsizlik talablariga
javob bermaydigan
tovarlarni o‘tkazish
maqsadini ko‘zlab
ishlab chiqarish,
saqlash, tashish yoxud
o‘tkazish ishlari
bajarish yoki xizmatlar
ko‘rsatish
(JK 186-modda)
Mansabga sovuqqonlik
bilan qarash
(JK 207-modda)
Mansab soxtakorligi
(JK 209-modda)
136
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan foydalangan
holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati
bankka kelib tushgan kunda
mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni
uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni
qondirish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda
mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning bank
hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar “Oʻzbekiston
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom bilan
tartibga solinadi.
Mazkur nizom naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradigan,
Oʻzbekiston Respublikasining barcha yuridik
va jismoniy shaxslariga
(mijozlar) – rezidentlari va norezidentlariga taalluqli.
Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular
ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Koʻrsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar agar qonunda
boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
naqd pulda ham amalga
oshirilishi mumkin.
Naqd
pulsiz
hisob-kitoblar
amalga
oshirilganda
to‘lov
topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan
hisob-kitob qilishga,
inkasso boʻyicha hisob-kitob qilishga, shuningdek, qonunda, qonunga
muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida
hamda bank amaliyotida
qo‘llanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa
shakllarda hisob-kitob qilishga ham yo‘l qo‘yiladi.
137
Mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi tomonidan tuzilgan
shartnoma boʻyicha majburiyatlarning
bajarilmaganligi yoki lozim
darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash
va undirish boʻyicha banklar javobgar bo‘lmaydi.
Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar boʻyicha
unga xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz
o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga
muvofiq hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda masalalar
sud orqali hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: