PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BANK HISOBVARAQLARIDAN PUL MABLAG‘LARINI
HISOBDAN CHIQARISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 2342]
O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik
kodeksi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), Soliq
kodeksi
(O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari
to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi
Qonuni
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son,
247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuni
(O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1996-yil 9-avgustdagi
PF-1504-son
“Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 103-modda), 1998-yil 4-fevraldagi
PF-1923-son
“Hisob-
kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar
tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi va 2002-yil 30-martdagi
PF-3047-son
“Pul massasi
o‘sishini cheklash va moliyaviy intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 51-modda)
farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini
hisobdan
chiqarish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 104-
v, 21-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi
to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma
” (ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari,
davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil
3-martda 104-v-1, 21-son va 615-1-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank
hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-son
qo‘shimcha
” (ro‘yxat raqami 615-1, 1999-yil 3-mart);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-aprelda 104-v-2-son,
Moliya
vazirligi tomonidan 1999-yil 20-aprelda 12-02-29/794-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 4-
mayda 615-2-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-son qo‘shimcha
” (ro‘yxat
raqami 615-2, 1999-yil 4-may);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 27-sentabrda 104-v-3-son, Moliya
vazirligi tomonidan 1999-yil 22-sentabrda 21-3-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-yanvarda
615-3-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-son o‘zgartirish va qo‘shimcha
”
(ro‘yxat raqami 615-3, 2000-yil 5-yanvar);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-yanvarda 104-
v-4, 4-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 1-martda 615-4-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi
to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
4-son o‘zgartirishlar
” (ro‘yxat raqami 615-4, 2000-yil 1-mart).