Toshkent davlat yuridik universiteti


Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar 
Inkasso topshiriqnomasi – mablag‘larni oluvchining inkasso 
topshiriqnomasida koʻrsatilgan summani mablag‘larni to‘lovchining 
hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish boʻyicha topshirig‘i 
nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. Inkasso topshiriqnomasi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit 
hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin. 
Inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo‘natishda u bankning bosh 
buxgalteri va mijozning hisobvarag‘iga xizmat koʻrsatuvchi buxgalterning 
imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanadi hamda quyidagi maʼlumotlar 
koʻrsatilgan holda ustxat yoziladi: 

inkasso topshiriqnomasining bankka kelib tushgan sanasi; 

inkasso topshiriqnomasi boʻyicha mablag‘ qisman to‘langan 
bo‘lsa, undirib olingan summaning miqdori; 

inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo‘natish sanasi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun 
hujjatlariga muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga 
ko‘ra qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti 
tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob 
yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish 
orqali rag‘batlantiradi. 
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va 
davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa davlat 
soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi. 
 
 
 


138 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA KAZUSLAR: 
1.
Tadbirkorlik faoliyatida mehnat huquqiy kafolatlarni izohlab 
bering. 
2.
Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar tushunchasi, tuzish tartibi, 
turlari va ularning oʻziga xos xususiyatlarini bayon eting? Tahlil qiling. 
3.
Tadbirkorlik faoliyati shartnomalarida taraflar javobgarligini 
tushuntirib bering. 
4.
Tadbirkorlik faoliyatida hisob-kitoblarning qanday turlari mavjud? 
5.
“AGROMACH” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi chet 
el korxonasi (lizing beruvchi) hamda fermer xo‘jaligi (lizing oluvchi) 
o‘rtasida 2011-yil 31-martda 147-son lizing shartnomasi tuzilib, bahosi 
180 751,20 AQSH dollari bo‘lgan 1 dona “MX 255” markali “KASE IH 
Magnum 4 VD EMERGING” traktor lizingga berilgan. Shundan 158 760 
AQSH dollari lizing obyekti qiymatini, 21 991,20 AQSH dollari foizlarni 
tashkil qilgan. Lizing shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishining 
ta’minoti sifatida lizing oluvchi, lizing beruvchi hamda “TRUST” 
aksiyadorlik jamiyati (kafil) o‘rtasida 2011-yil 31-martda 12/243-son 
kafillik shartnomasi tuzilgan Lizing beruvchi MChJ chet el korxonasi 
tomonidan lizing shartnomasi boʻyicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilib 
lizing obyekti o‘z vaqtida lizingga berilgan. Lekin lizing oluvchi esa 
to‘lovlarni uch oy ketma-ket to‘lolmadi. Lizing beruvchi esa buni lizing 
oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari muntazam bajarilmagan deb 
hisoblab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan hamda lizing 
shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni, lizing obyekti bo‘lgan 
traktorni lizing beruvchiga qaytarishni va to‘lanmagan lizing to‘lovlarini 
kafildan undirishni so‘ragan. 
Vaziyatga huquqiy baho bering.

6.
“Tulpor” АJ direktori xizmat safaridaligida uning shartnomalar 
tuzishga ishonchnomasi bo‘lgan o‘rinbosari mustaqil ravishda kuzatuv 
kengashi bilan kelishmasdan 50 mln so‘mlik qurilish ishlarini bajarishga 
“Rivojlanish” MChJ bilan shartnomani imzoladi, o‘rinbosar “Rivojlanish” 
MChJning ustav fondida 30 foizlik ulushga ega. “Rivojlanish” MChJning 
hisob-kitob raqamiga 25 mln so‘m bo‘nak o‘tkazildi.
Safardan qaytgach, rahbar pudrat shartnomasini bekor qilishni talab 
qildi, chunki unda pudrat ishlari summasi oshirib yuborilgan edi. 
“Rivojlanish” MChJga bir necha bor xat yozildi. Biroq “Rivojlanish” 
MChJ rahbariyati shartnomani bekor qilishdan bosh tortdi.
Ushbu vaziyatda kimning harakati qonuniy hisoblanadi? 


139 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish