Toshkent davlat yuridik universiteti


VI BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING DAVLAT



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

VI BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING DAVLAT 
TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI VA TADBIRKORLIK 
FAOLIYATI USTIDAN DAVLAT NAZORATI 
Tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi 
tushunchasi va mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati 
tushunchasi, prinsiplari va huquqiy asoslari. Nazorat qiluvchi organlar va 
ularning vakolatlari. Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati 
shakllari. Tadbirkorlik faoliyatini tekshirish turlari. 
 
6.1. Tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi 
tushunchasi va mohiyati 
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, 
erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan 
iqtisodiyotni qurishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy islohotlar qatʼiy va izchil davom ettirilmoqda. Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilana’ –“2017–
2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqoldi. Mazkur hujjat 
mohiyatiga ko‘ra jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli 
islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylandi”
1

Islohotlar doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bunday faoliyat 
uchun keng imkoniyatlar yaratish, biznes vakillarini har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga 
ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Zero, Harakatlar strategiyasida 
belgilangan keng qamrovli vazifalarni ro‘yobga chiqarish, eng avvalo, 
biznes hamjamiyati bilan davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot, 
sog‘lom sherikchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik 
subyektlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirishni talab 
qiladi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni 
taqozo etadi. Davlat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslarini, 
tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlarini, ularning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni va tadbirkorlik 
faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni belgilaydi. 
1
Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza // http://www.press-service.uz/uz/lists/view/1328 


140 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari quyidagilarni qonun 
hujjatlarida belgilash orqali o‘rnatiladi: 
a) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish; 
b) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash; 
d) tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi; 
e) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sug‘urta qilish; 
f) hisob va hisobot. 
Qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining 
quyidagi kafolatlari belgilangan: 
1)
tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari; 
2)
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay bo‘lgan qonun 
hujjatlaridagi o‘zgartishlar kafolatlari; 
3)
tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har 
qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari; 
4)
tadbirkorlik subyektlarining o‘z tovarlari (ishlari, xizmatlari) va 
daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari; 
5)
pul mablag‘larini tasarruf etish kafolatlari; 
6)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat 
erkinligi kafolatlari; 
7)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlari kafolatlari; 
8)
fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish 
huquqi kafolatlari; 
9)
dehqon xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish 
huquqi kafolatlari; 
10)
tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qog‘ozlar bozoriga,
xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari; 
11)
fermer va dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslaridan, 
urug‘lik materiallardan, ko‘chatlardan va zotdor chorvadan erkin 
foydalanish kafolatlari; 
12)
fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish 
kafolatlari; 
13)
tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish 
kafolatlari;
14)
tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari;
15)
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va 
preferensiyalarni qo‘llashning kafolatlari; 


141 
16)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish 
kafolatlari; 
17)
tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, 
musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari;
18)
firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) 
foydalanish kafolatlari; 
19)
tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish