Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
6.4. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
shakllari 
 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 
• tekshirish, shu jumladan taftish, nazorat tartibida tekshirish; 
• statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish; 
• idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa 
axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, 
shuningdek, idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirish deganda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunlar hamda 
o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday 
bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi 
tushuniladi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) deganda
soliq 
va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni 


145 
amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining buxgalteriya, 
moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash 
tushuniladi. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning to‘laqonli 
faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi kerak. 
Tekshirishlarni o‘tkazish uchun asos 
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarni istisno etganda quyidagilar asos bo‘ladi:

maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi 
tomonidan berilgan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish 
o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma; 

nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida 
chiqarilgan, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning 
tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i.

prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati organlari 
tomonidan 
tadbirkorlik 
subyektlari 
faoliyatini 
tekshirish 
uchun 
qo‘zg‘atilgan jinoiy ishning mavjudligi. Bunda tekshiruvga tadbirkorlik 
subyektlarining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati 
qamrab olinishi mumkin, bu haqida tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi 
qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish 
belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, 
mazkur organlar tekshirish davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun 
hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa 
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy 
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan 
moliya va soliq hisobotini, shuningdek, tadbirkorlik subyektining faoliyati 
to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni 
o‘rganish hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat 
natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq 
xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. 
Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish 
departamenti Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari 


146 
mablag‘larini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumati va nohukumat 
tashkilotlari bilan tuzilgan davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar 
doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash 
masalalari yuzasidan mulk shaklidan qatʼi nazar, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar 
moliya-xo‘jalik 
faoliyatining tekshiruvlarini o‘tkazish 
tashabbusi bilan chiqishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tekshiruv o‘tkazish uchun asosga 
ega bo‘lmagan shaxslarning tekshiruv o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga 
kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik hamda 
tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni 
tanishtirmaslik huquqiga ega. 
Tekshirishlar 
natijalari 
dalolatnoma 
(maʼlumotnoma) 
bilan 
rasmiylashtirilib, 
tekshirish 
tugagan 
kuni 
uning 
bir 
nusxasi 
tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoldiriladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish