O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ifloslangan yuzani to‘sib qo‘yishda to‘sish materiali



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

Ifloslangan yuzani to‘sib qo‘yishda to‘sish materiali: 
-birinchidan, radioaktiv ifloslikni belgilab uni tarqalishiga yo‘l qo‘ymasdan 
uning xavfini kamaytiradi; 
-ikkinchidan, yutuvchi materiallar qatlamini ishlatish bilan odamlarni a-, P- 
nurlanish xavfini kamaytiradi. 
Himoya qatlamni hosil qilish uchun joylarda sochiluvchan materiallar: qum, 
grunt, shag‘al va qurilish materiallari va mahsulotlari: beton, asfalt, temirbeton 
plitalar, metall listlar, polimerlar ishlatiladi. 
Turli xil dastgohlar, transport vositalari, qurilish tuzilmalari kabilarda himoya 
qatlamini hosil qilishda asosan lok va bo’yoq ko‘rinishidagi polimer 
materiallardan foydalaniladi. 
Zararsizlantiruvchi eritmalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: 
-yuza faol va kompleks hosil qiluvchi moddalar asosida; 
-oksidlovchilar asosida; 
-tarkibiga sorbentlar kiruvchi suspenziyalar asosida. 
Yuvish xususiyatiga ega yuza faol moddalar sifatida, oddiy xo‘jalik sovuni, 
gardinol, sulfonol, OP-7, 0P-10 preparatlar va boshqalar ishlatiladi. Kompleks 
hosil qiluvchi moddalar sifatida fosfat - natriy, (odatda geksometofosfat-natriy), 
shavel, limon, vino kislotalari va tuzlari ishlatiladi. 
Yuza faol va kompleks hosil qiluvchi moddalar kukun ko‘rinishida ishlab 
chiqariladi. Ularning SF (SF-2U, SF-3, SF-ZK) rusumlari mavjud. 
Yuza faol (PAV) zararsizlantiruvchi moddalardan turli jihozlar va asboblar 
yuzalarini(kiyimdan boshqa) mexanik artish bilan yuvish orqali foydalaniladi. 
G‘ovakli, g‘isht, shifer, ayrim tur beton va boshqa shunga o‘xshash materiallarni 


142
zararlantirishda radionuklidlar ularning ichiga botib ketmasligi maqsadida 
yuqorida ko‘rsatilgan usul(yuvish) tavsiya etilmaydi. SF (SF-2U, SF-3, SF-ZK) va 
PAV moddalardan zararsizlantirish uchun boshqa moddalardan foydalanish 
mumkin bo‘lmagan holatlarda, masalan samolyotlarni, vertalyotlarni, ayrim optik 
va elektron apparatlarni zararsizlantirish uchun ko‘pik holatida ishlatiladi. 
Oksidlovchilar asosidagi zararsizlantiruvchi eritmalar kop tarkibli bo‘ladi. 
Ularning tarkibiga kislotalar (shevel, azot) ishqorlar (o‘yuvchi natriy) hamda PAV 
moddalari, SF moddalar ham ishlatiladi. Oksidlovchi sifatida kaliy parmanganat 
ham ishlatiladi. 
Oksidlovchi zararsizlantiruvchi moddalar moylangan yuzalarni hamda 
korroziyaga uchragan yuzalarni ishlashda ham foydalaniladi. Suspensiya asosidagi 
zararsizlantiruvchi moddalar kolloid-dispers, ko‘p komponentli tizim sifatida 
bo‘ladi, masalan: 
-
sorbentlar sifatida: seolitlar bentonit glinasi, ular arkibida asosan 
montmorillonit; 
-sulfatli kley-yopishqoqlik xususiyatini beradi. Ko‘rsatilgan suspenziyalar 
bino devorlarini zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Devorga sepilgandan 
so‘ng kleyga o‘xshab yopishadi va quriydi. Qurigan qatlamni ifloslangan 
radioaktiv moddalar bilan birga ketkaziladi, ko‘chirib tashlanadi. 
Sorbentlar gaz va suv tarkibidan hamda turli ifloslangan obyekt yuzalardan 
radionuklidlarni 
chiqarib 
olishga 
ishlatiladi. 
Bundan 
tashqari 
ularni 
zararsizlantiruvchi eritmalarga, plenka hosil qiluvchi polimer kompozitsiyalarga 
qo‘shiladi. Tabiiy va sun’iy sorbentlar mavjud. 
Metall yuzalarni (stanoklar, texnikalar, transport) zararsizlantirish uchun 
organik eritmalar (dixloretan, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi) qo‘llaniladi. 
Radioaktiv moddalarni vetosh, shetka va boshqa shunga o‘xshash vositalarni 
qo‘llab yuviladi. 
Zararsizlantirish ishlari bajarilgandan so‘ng turli xil agregat holatidagi iflos 
chiqindilarni yo‘qotish tadbirlari o‘tkaziladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish