O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Turli obyektlarni zararsizlantirishning o‘ziga xos tomonlari



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

 


143
Turli obyektlarni zararsizlantirishning o‘ziga xos tomonlari 
Hudud uchastkalarini zararsizlantirish. Qattiq qoplamali joylardagi radioaktiv 
changlarni bosimli suvni sepish (yuvish) bilan amalga oshiriladi. Bunda suv sepish 
texnika va qurilmalaridan hamda supurish-yig‘ish mexanizmlaridan foydalaniladi. 
Gruntli joylarda kerak.k ifloslangan yuzani qirqib olish bilan zararsizlantiradi. 
Grunt qirqish texnikalaridan foydalaniladi, qirqiladigan grunt qalinligi 8-10 sm 
bo‘lishi kerak. Qirqib olingan joyga toza grunt tashlanadi va omochlar bilan 
chuqurligi kamida 20 sm qilib haydaladi. Shunga o‘xshash ifloslangan qorli 
joylarda ham tozalash ishlari bajariladi. Ifloslangan grunt yoki qor xavsiz joyga 
olib borib tashlanadi yoki maxsus joyda yo‘qotiladi. 
Bino va inshootlarni zararsizlantirish. Bu bosimli suv bilan yuvish, 
zararsizlantiruvchi eritma bilan artish, qirindi materiallar bilan ketkaziladi. Ishlarni 
yuqoridan pastga tomon bajariladi, masalan tomdan fundamentga tomon. 
Ifloslangan chiqindilarni boshqa joylarni, suvni ifloslanishiga sabab bo‘lmasligi 
kerak. Ularni ruxsat etiladigan darajagacha kamaytirish yoki yig‘ib olib ketish 
yo‘li bilan xavfsizlikni ta’minlanadi. Bajariladigan ishlar samaradorligini oshirish 
maqsadida yuvish uchun ishlatiladigan suv tarkibiga zararsizlantiruvchi boshqa 
moddalar ham qo‘shiladi. 
Binolar ichini va ish joylarini zararsizlantirish. Bunda ham yuqoridagi kabi 
ishlar bajariladi. Shu bilan birgalikda supurgi, shetka va shunga o‘xshash narsalar 
bilan suvni sepish mumkin. 2-3% li yuvish moddalaridan (sovun, poroshokli 
eritma) ishlatiladi, buni issiq suvga ivitilgan latta materiali bilan artish yo‘li bilan 
bajarish mumkin. Bino ichidagi radioaktivlik 90 mkR/soat dan oshmasligi kerak. 
Transport vositalari va texnikalarni zararsizlantirish. Ularni to‘liq va qisman 
zararsizlantirish bajariladi. Ishni xizmat ko‘rsatuvchilar va shoferlar bajaradi. 
Ularning odamlar bilan uchrashadigan joylari tozalanadi. Bunda ham yuqoridan 
pastga sxemasida bajariladi. To‘liq zararsizlantirish xavfsiz alohida joylarda 
(maxsus ishlov berish punktlarida) amalga oshiriladi. To‘liq zararsizlantirishni 
bajarish mumkin bo‘lmaganda texnikani alohida turish joyiga yuboriladi. 
Ust va ayoq kiyimlarni hamda shaxsiy muhofaza vositalarini (SHMV) 


144
zararsizlantirish (nofaollashtirish). Zararsizlantirish muhitni, aniq obyekt sharoitini 
zararlanganlik darajasini hisobga olib amalga oshiriladi. 
Aholi tomonidan qisman sanitar ishlov amalga oshirilishida shu bilan bir vaqtda 
qisman zararsizlantirish bajariladi. Bunday holatda ust va oyoq kiyim hamda 
SHMV lari echilmaydi. Ularni zararsiz zonaga o‘tganda echiladi, ammo 
zararsizlantirish respirator yoki gazniqobda bajariladi. Qisman zararsizlantirishni 
odam o‘zi bajaradi, radioaktiv moddalarni ketkazadi. Buning uchun charm va 
rezina bo‘lmagan kiyimlardan boshqalari va SHMV larini echib ilgichlarga, daraxt 
butoqlariga yoki iplarga osib 20-30 minut davomida supurgi bilan supuradi, shetka 
bilan tozalanadi, tayoq bilan uriladi. Charim va rezina materiallar 
zararsizlantiruvchi eritmalar bilan artiladi. 
Zararsizlantirish jarayonida chang hosil bo‘lsa odamlar rezinali qo‘lqoplar, 
respirator va gazniqoblarga ega bo‘lishlari kerak. Ular bo‘lmagan holatda yuziga 
ko‘pqavatli doka va shunga o‘xshash materialli niqob tutishlari lozim, kiyim 
ustidan xalat, oyog‘iga rezina etik kiyishlari kerak. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish