O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


VIII.3. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

VIII.3. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar
Olomon shakllanishining ilk belgilaridan guruhiy tartibbuzarlikkacha bir 
qancha bosqichlar bosib o‘tiladi. 
Bahonaning 
yuzaga kelishini 
guruhiy tartibbuzarliklarning boshlanishi deb 
hisoblash mumkin. Odamlarning e’tiborini tortgan va ular noto‘g‘ri talqin etgan har 
qanday voqea yoki fakt ana shunday bahona bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, bahonalar nihoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin. 
Bahonalarning kelib chiqishida mish-mish gaplarning ham ta’siri katta bo‘ladi. 
Mish-mish gaplar o‘zi mohiyatiga ko‘ra ma’lum ma’noda tasdiqlangan yoki hech kim 
tomonidan tasdiqlanmagan xabar (ma’lum ma’noda) vazifasini bajaradi, shuning 
uchun ham ba’zi shaxslar hayotida va jamiyatda ma’lum bir sotsial psixologik 
muammolarni yuzaga keltiradi. Natijada jamiyatni, insonlar turmush tarzini 
o‘zgartirib yuborish xususiyatiga ega. 
Shu nuqtai nazardan mish-mishlar sotsial psixologik xususiyatga ega bo‘lib, 
jamoatchilik ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatga zid bo‘lgan ommaviy 
tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini 
yanada murakkablashtiradi. 
Ko‘p hollarda shaxslarda kerakli ma’lumotlarning yetishmasligi oqibatida 
mish-mishlarning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo‘ladi. Natijada shaxslarning 
ma’lum muammo, voqea-hodisaga nisbatan talab, ehtiyoj va qiziqishlari 
qondirilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, xabarlarni tarqatishda ularga emotsional tus 
beradi, ularni bo‘rttirish va boyitishga olib keladi. Mish-mishlar ma’lum maqsad va 
manfaatlarga qaratilib, sotsial, iqtisodiy, madaniy-maishiy yo‘nalishlarda namoyon 
bo‘lib g‘arazli niyatlarda tarqatiladi. Mish-mishlarni tarqatuvchi shaxslarning 
137


psixologik xususiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular hamisha xabarlarini 
ishonchli manbalardan olingan deb aytishadi va odamlarga o‘zlarini bilag‘on qilib 
ko‘rsatishga harakat qiladilar. Bunday shaxslar odamlardagi hayajonni ko‘rib, 
voqealarga yanada ko‘proq emotsional tus berishga intilishadi. Oqibatda, ba’zan 
mish-mishlarning kuchi haqiqiy axborotdan ham kuchli bo‘ladi. 
Mish-mishlarni quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiq: 
1)
hodisalarni tasvirlash; 
2)
emotsional ton (tus) berish, izohlash; 
3)
mish-mish gaplarning ta’sir kuchidan foydalanish. 
Mish-mishlarning tarqalishi va e’tirozli holatlarning paydo bo‘lishiga manfaatli 
shaxslarning xatti-harakatlari va xabarlari sabab bo‘lib, hududdagi operativ vaziyatga 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, mish-mishlar ba’zi shaxslar tomonidan o‘ylab 
topilgan bo‘lib, ma’lum bir voqea, hodisalar haqida bir kishi tomonidan ikkinchi bir 
kishiga yetkaziladigan og‘zaki xabardir. 
Mish-mishlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 
1)
umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish gaplar; 
2)
ma’lum ma’noda tasdiqlangan (haqiqat bor) mish-mish gaplar; 
3)
to‘liq ma’noda haqiqatga ega bo‘lgan mish-mish gaplar. 
Umuman, mish-mishlar «mish» qo‘shilganligi sababli, o‘z xarakteriga ko‘ra 
to‘g‘ri, aynan haqiqatning o‘zini tashkil qilmaydi, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yoki 
bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishda qandaydir qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritiladi. 
Mish-mishlar agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin (1992-yildagi talabalar 
shaharchasida bo‘lgan voqeani ko‘z oldingizga keltiring). Bunday vaziyatda odamlar, 
ayniqsa kichik-kichik guruhlardagi odamlar hech narsaga ishonmaydi. 
Mish-mishlar o‘z xususiyatiga ko‘ra maxsus tashkil etilishi va birdan yuzaga 
kelishi mumkin. 
Maxsus tashkil etilgan mish-mishlardan ko‘zlangan maqsad yashirin motivlar, 
g‘arazli niyatlar bilan amalga oshiriladi. 
Mish-mishlar muayyan psixologik sharoitlar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. 
Ushbu sharoitlarni tushunish uchun taniqli olim P.V.Simonov his-hayajonlar 
138


(emotsiyalar) axborot nazariyasiga qiziqish uyg‘otadi
1
, degan fikrni bayon qilgan. 
Ushbu nazariyaga ko‘ra, vaqtning har bir muayyan daqiqasida dolzarb bo‘lgan 
ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun inson aniq harakatlar sodir etishi kerak. Lekin u 
doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtimolli muhitda harakat qilgani bois, qo‘yilgan 
maqsadga erishish uchun unga ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi narsalar va shart-
sharoitlar haqidagi axborot kerak bo‘ladi. Ehtiyoj qanchalik keskin bo‘lsa, insonning 
zarur axborotni izlashga qaratilgan faoliyati ham shunchalik jadal bo‘ladi. Agar inson 
xatti-harakati (xulqi)ni tashkil qilish uchun yetarli axborotga ega bo‘lsa, his-tuyg‘ular 
(emotsiyalar) amalda yuzaga kelmaydi, yuzaga kelsa ham juda sust ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. P.V.Simonovning yozishicha, agar raqibni yengish usullari yaxshi ma’lum 
bo‘lsa va unga qarshi kurashayotganlar ana shu usullarni bilsalar, g‘azabning keragi 
yo‘q; himoya vositalari mavjud bo‘lsa va samaradorligi shubha uyg‘otmasa, tashvish 
va qo‘rquv uchun sabab yo‘q. Inson tasarrufidagi axborotning yetarli emasligi 
natijasida aniq vaziyatlarda salbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Axborotga bo‘lgan 
ehtiyojni qanoatlantirish uchun zarur deb bashorat qilinayotgan hajmdan ortib 
ketganida insonni ijobiy hissiyotlar chulg‘ab oladi. 
P.V.Simonov matematik simvollardan foydalanib quyidagi ifodani keltiradi: 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish