O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

H=E (Z–M) 
Bunda 

– hissiyotlar; 

– ehtiyojlar; 

– ehtiyojni qondirish xulqini tashkil 
qilish uchun zarur hisoblangan axborot; 

– mavjud bo‘lgan, ya’ni inson 
tasarrufidagi axborot. 
Bizning mavzuga tatbiq etganda mazkur ifodani quyidagicha talqin etish 
mumkin: agar ehtiyoj nolga teng bo‘lsa (masalan, u yoki bu voqea insonni aslo 
qiziqtirmasa), u holda shaxs axborotga muhtoj bo‘lmaydi va bu masalada hissiyotlar 
yuzaga kelmaydi. Binobarin, mish-mishlar yuzaga kelishi uchun ham asos bo‘lmaydi. 
Ehtiyojni qondirish uchun zarur deb hisoblangan axborot (Z) mavjud axborot (M)ga 
teng bo‘lganida ham ular yuzaga kelmaydi. Agar muayyan sababga ko‘ra 
odamlarning bunday axborot bilan to‘liq ta’minlangan jamoasiga tashqaridan mish-
mishlar kirsa, bundan keyin ular tarqalmaydi, balki uning ichida barham topadi. 
1
Симонов П. В. Что такое эмоции? 
– 
М., 1966. 
– 
С. 57.
139


«M» nolga teng bo‘lganida, ya’ni inson o‘z xulqini tashkil qilish va dolzarb 
ehtiyojini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan hech qanday axborotga ega bo‘lmasa, 
hissiyotlar maksimal ahamiyatga ega bo‘ladi, mish-mishlar uchun esa eng qulay 
zamin yuzaga keladi. Bir tomondan, ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilishdek 
keskin zarurat, ikkinchi tomondan, buning uchun kerakli har qanday axborotning 
yo‘qligi insonni axborot manbalarini baholashda ularning farqiga yetmaydigan qilib 
qo‘yadi. 
Guruhiy tartibbuzarlikning yetilishidagi ikkinchi bosqich dastlabki 
xavotirli 
mish-mishlarning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Tartibbuzarliklarning oldini olish 
borasidagi faoliyat ushbu bosqichda ancha qiyinlashadi. Odamlar voqeaga nisbatan 
muayyan qarashni o‘zlashtirgan bo‘ladilar va har qanday axborotni o‘zlarining 
yanglishuvlari orqali qabul qiladilar. Vaziyatning yanada murakkablashuviga qarshi 
kurashning yo‘li – bu odamlarni qayta ishontirish, mish-mishlarning yolg‘onligini 
dalillar bilan isbotlashdir. Bu bosqichda voqea yoki fakt manfaatlariga ko‘p darajada 
ta’sir ko‘rsatgan odamlarni yakka tartibda qayta ishontirish eng ko‘p samara beradi. 
Bu bosqichda omma oldida mish-mishni rad etish vaziyatni chigallashtirishi, mish-
mishlarning yanada ko‘proq tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin. 
Mish-mishlar nafaqat hech qanday rasmiy axborot bo‘lmagan sharoitda, balki 
bunday axborot odamlarning qiziqishlarini qondirmagan, yetarlicha ishonchli 
bo‘lmagan yoki shubhali bo‘lgan hollarda ham yuzaga keladi va tarqaladi. 
Inson unga kelayotgan axborotni beparvolik bilan qabul qilmaydi. U ushbu 
axborotni o‘z qarashlari va e’tiqodlari, yanglishuvlari va xurofotlari, mayl va xush 
ko‘rmasliklari bilan solishtiradi. Shaxs agar norasmiy yo‘llar bilan boshqa xabar 
olgan bo‘lsa, rasmiy axborotga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Bunday vaziyatda 
nafaqat axborot berish, balki qayta ishontirish talab etiladi. Bu esa yanglishayotgan 
odamning o‘zi uchun ham, uni qayta ishontirayotganlar uchun ham juda qiyin 
bo‘ladi. 
Psixologiya fanida axborotni odamlar aynan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
140


tarqatadilar va o‘zlashtiradilar deb to‘g‘ri ta’kidlanadi
1
. Ushbu ehtiyojlarni ularning 
mish-mishlar bilan qondirilishi nuqtai nazari bilan ko‘rib chiqamiz. 
Utilitar effekt 
odamlar olingan ma’lumotlardan o‘z hayotiy muammolarini hal 
qilish uchun foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu rasmiy axborot tarqatilgan, 
ammo mish-mishlar ham muayyan, lekin o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladigan 
holatlarda eng yorqin ko‘zga tashlanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davomida 
ingliz razvedkasi Gitler Germaniyasining harbiy zavodlari ishini izdan chiqarish 
uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarilayotgan shaharda sartaroshxonada sochi 
quritilayotgan zavod xodimalaridan birining boshi portlab uzilib ketgani, bu go‘yoki 
atmosferada porox changi haddan tashqari ko‘pligidan aholining sochlariga ilashib 
qolayotgani va sirli portlashning imkoniyatdagi xavfi yuzaga kelishi sababli kelib 
chiqqani haqida mish-mish tarqatdi. Inglizlarning aytishicha, bunday mish-mish 
ta’sirida ko‘pchilik zavod xodimalari shahardan qochib ketganlar va oqibatda 
qo‘yilgan maqsadga erishilgan. 
Obro‘ samarasi 
axborot insonning yoki shaxs o‘zini mansub deb hisoblayotgan 
guruhning obro‘sini oshirishidan qoniqish hosil qilishida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa 
odamlar ichki jihatdan qabul qilgan maqsad va qadriyatlarni tasdiqlovchi axborot 
(jumladan, mish-mishlar)ni jon deb qabul qilishi va oson o‘zlashtirishiga asoslanadi. 
Mish-mishlar taraflardan biriga boshqasiga qarshi qo‘shimcha dalillar bergan 
hollarda 
pozitsiya (mavqe)ni kuchaytirishi effektini 
yuzaga keltiradi. Bu kabi misollar 
mamlakatga qarshi olib borilayotgan psixologik urushlarda xohlagancha topiladi. 
Mish-mishlar darajasida 
bilishga bo‘lgan qiziqishlarni qanoatlantirish 
effekti 
haddan tashqari qiziquvchan odamlarga xosdir. Bu yerda ham qanoatlanish, albatta, 
xom-xayol, qiziqishlarning o‘zi ham arzimas va axloqiy jihatdan umidsizdir. Shunga 
qaramay, bu jamoani qo‘zg‘atuvchi mish-mishlar yuzaga kelishi va tarqalishining 
psixologik sabablaridan biri hisoblanadi. 
Bu hodisaning boshqa tomoni ham mavjud. Agar, masalan, shaharda kunduzi 
odamlar mavzelardan biri uzra ko‘tarilayotgan quyuq tutunni ko‘rgan bo‘lsalar, nima 
1
Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. рад. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. 
– 
М., 1995. 
– 
С. 192
-196. 
141


bo‘lganini bilishga intilishning yuzaga kelishi tabiiydir. Agar odamlarning qiziqishi 
vakolatli organlarning rasmiy axboroti bilan qanoatlantirilmasa, aqlga to‘g‘ri 
kelmaydigan mish-mish gaplar yuzaga kelishi muqarrar. Binobarin, odamlarda 
tushunmaslikdan berilgan savol yuzaga kelsa, bunday savol qanchalik nozik va 
achchiq bo‘lmasin, undan qo‘l siltab ketish mumkin emas, aks holda nosog‘lom 
mish-mishlar yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. 
Mish-mishlardan kelib chiqadigan 
hissiy effekt 
ijobiy modallikni o‘tkir his etish 
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Hissiyotlar axboroti nazariyasidan kelib 
chiqadigan bo‘lsak, inson his qilayotgan qoniqish, lazzat mish-mishlardagi xabar 
(garchi yolg‘on, voqelikka mos kelmaydigan, ammo rostga o‘xshab ketadigan bo‘lsa 
ham) kutilganidan ortiq axborot berganidagina mavjud bo‘ladi. Qandaydir (moddiy 
yoki ma’naviy) qadriyatlarga ega bo‘lishga intilgan hollarda axborotning bunday 
o‘ziga xos ko‘pligi zavq, xursandchilikni yuzaga keltiradi. Masalan, amalga oshish 
ehtimoli juda kamdek tuyulgan azaliy orzu kutilmaganda ushalganini ta’kidlovchi 
mish-mishning oqibati ana shunday. Ushbu holda hissiy zavqlanishga (razryadkaga) 
bo‘lgan ehtiyoj qanoatlantiriladi, holbuki, albatta, mish-mish bunday maqsadga 
o‘ziga xos tarzda, inson xabarning chin yoki chin emasligini bilmagan baxtli holatda 
bo‘ladigan davr mobaynidagina erishadi. 
Uchinchi bosqichni shartli ravishda 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish