O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

tekin 
tomoshabinlar 
ham kiradi. Biroq ularning hozir bo‘lishi ommaviylikni oshiradi
olomon stixiyasining odamlar xatti-harakatiga ta’sirini kuchaytiradi. 
Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, olomonning tasodifiy tarkibi – uning o‘ziga 
xos psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, buni guruhiy tartibbuzarliklarga qarshi 
kurash choralarini ko‘rishda inobatga olmaslik mumkin emas. 
Olomonning keyingi xususiyati odamlar 
xatti-harakatining bir xilligini 
belgilovchi 
sotsial-psixologik hodisalarning o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. 
Ma’lumki, jamoada bir xildagi xatti-harakat ongli ravishda qo‘yilgan va barcha 
e’tirof etgan hamda ijobiy sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning umumiyligi 
bilan ta’minlanadi. Olomon esa asosan odamlarning bunday umumiyligini norozilik 
ob’yektiga qarshi qo‘yish evaziga yaratiladi. B.F.Porshnev ta’kidlaganidek, olomonni 
uning «qarshiligi», «ularga» qarshiligi umumiylikka aylantiradi. 
Olomonning keyingi xususiyati – bu 
hissiy rezonans 
deb atash mumkin 
bo‘lgan o‘ziga xos sotsial psixologik hodisaning amal qilishi sanaladi. Guruhiy 
tartibbuzarlikda ishtirok etuvchi odamlar nafaqat oddiygina bir-biri bilan yonma-yon 
135


keladi, balki atrofdagilarni qo‘zg‘atadilar va o‘zlari ham ulardan ta’sirlanadilar. Bir 
kishining olgan qo‘zg‘alishi, boshqasining idrok etish ob’yektiga aylanib, uning 
qo‘zg‘alishini yanada kuchaytiradi va bu hol ong tomonidan nazorat qilinishi qiyin 
bo‘lgan hissiy portlashgacha borishi mumkin. 
Olomon sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab, 
quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
1)
 
to‘satdan yuzaga kelgan olomon; 
2)
 
ekspressiv olomon; 
3)
 
konvensial olomon; 
4)
 
harakatdagi olomon. 
To‘satdan yuzaga kelgan olomon 
birdan to‘planadi, voqea-hodisaning 
mohiyatini tushunishni xohlaydi. 
Ekpressiv olomonga 
to‘y-hasham, xudoyi va janozalardagi olomon, xalq kiradi. 
Konvensial 
olomonga 
ommaviy 
sport 
tadbirlari, 
masalan, 
futbol 
uchrashuvlariga yig‘ilgan odamlar kiradi. Ushbu toifadagi olomonning o‘ziga xosligi 
shundaki, ko‘p hollarda ularning axloqi ma’lum qolipdan chiqib ketadi. Bu ularning 
baqiriqlari, qayg‘urishlari, quvonganlarida ko‘rinadi. 
Harakatdagi olomon 
ko‘pincha qo‘zg‘olonchi-ashaddiy olomon deb ataladi. 
Chunki olomon qo‘zg‘olon orqali o‘z niyatini amalga oshiradi. Ashaddiy olomon 
hamma yoqni buzadi, sindiradi, o‘t yoqadi, bu bilan olomonning o‘zi ham vahimaga 
tushadi. Bunga Donbasdagi shaxtyorlar harakatini, Bryansk va Brestdagi 
o‘qituvchilar harakatini misol qilishimiz mumkin. 
Olomon ham o‘z tarkibiga ega, masalan: 
1)
adashib qo‘shilib qolgan shaxslar; 
2)
ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar; 
3)
olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar; 
4)
boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar). 
Adashib qo‘shilib qolgan shaxslar
ya’ni bunda ayrim shaxslar o‘zlari 
bilmagan holda shu oqimga qo‘shilib ketadilar va olomonni to‘ldiradi. 
Olomon tarkibidagi eng qo‘rqinchli shaxslar 
ashaddiy harakatdagi tajovuzkor 
(fanatik) 
shaxslar bo‘lib, ular o‘z axloqini ko‘z-ko‘z qiladilar. 
136


Olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslarning 
olomon tarkibida 
bevosita ishtiroki deyarli kamdan kam hollarda bo‘ladi. 
Boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar) 
olomonning axloqiy xatti-harakatini 
izdan chiqaradi va bir yo‘nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o‘zlari hech qanday 
ishni amalga oshirmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish