O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

ta’sir kuchiga ko‘ra 
mish-mishlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
sotsial fikrni 
qo‘zg‘atuvchi, 
ammo aniq ko‘rinib turgan g‘ayrisotsial xulq sohasiga 
kirmaydigan mish-mishlar; aholining muayyan qismida 
g‘ayrisotsial xulqni keltirib 
chiqaradigan 
mish-mishlar; odamlar o‘rtasidagi 
sotsial aloqalarni buzuvchi 
va 
jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishga (masalan, stadionlardagi tartibsizliklar, tabiiy 
ofat sharoitidagi sarosimalar va boshqalarga) aylanuvchi mish-mishlar mavjuddir. 
Vahima, qo‘rquv va sarosimaga solish olomonning asosiy vazifalaridan bo‘lib, 
bunday holatlarda shaxslarning xatti-harakatida o‘zini o‘zi boshqarish oxirgi o‘ringa 
turishini, javobgarlik hissining yo‘qolishini kuzatish mumkin. Vahima, qo‘rquv va 
sarosima asosida mavjud yoki ehtimollik xavfi oldida ojizlik, uni yengib o‘tish 
o‘rniga undan qochish fikri paydo bo‘ladi. Vahima qo‘rquvning psixofiziologik 
mexanizmi bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining katta maydonida induksion 
tormozlanish, anglash faolligining susayishiga olib keladi va tez emotsionallik 
holatini yuzaga keltiradi. Natijada shaxsda noadekvat fikrlash, illyuzion (noto‘g‘ri) 
idrok qilish, kuchli emotsional qo‘zg‘alish oqibatida xavfni bo‘rttirish, kuchli 
ta’sirchanlik, beriluvchanlik holatlarini kuzatish mumkin. 
1
Социальная психология: Краткий очерк
/ Под общ. ред. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. 
– 
М., 1995. 
– 
С.
168–190. 
144


Vahima, qo‘rquv guruhiy va individual tarzda yuz beradi. Individual tarzda yuz 
beradigan vahima yoki qo‘rquv harakatlarning noadekvatligida, biror-bir xulosa, 
qarorga kelish, mavjud xavfdan qochish, undan qutulish uchun xavfsizlik choralarini 
ko‘ra olmaslik holatlarida namoyon bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik holatlaridagi 
vaziyat yetakchining individual vahima va sarosimaga bo‘lgan aks ta’siri bilan 
bevosita bog‘liqdir. 
Vahima, sarosima, qo‘rquv asosan ikki turga bo‘linadi: 

qaltis vaziyatlarda qo‘rqish natijasida o‘lim xavfini his etish; 

muddatli xavotirlanishdan so‘ng kuchli zo‘riqish, asab tizimining buzilishi, 
diqqatning xavotir predmetiga yo‘nalganligi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bunday salbiy 
hodisalarning oldini olish maqsadida oldindan profilaktik chora-tadbirlarni 
qo‘llashlari lozim. 
Ommaviy tartibsizliklar davlatga, uning yuritayotgan siyosatiga qarshi mish-
mishlar uyushtirish, xalq o‘rtasida tajovuzkorlik holatlarini keltirib chiqarish uchun 
qo‘llaniladi. Bunday vaziyatlarda ommaning xatti-harakatini tartibga solib bo‘lmaydi. 
Olomon o‘z xarakteriga ko‘ra agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin, ashaddiy 
mish-mishlar ommaviy tartibbuzarliklarni yuzaga keltiradi. Olomon psixologiyasida 
meniki va ularniki degan fikr albatta mavjud. Ya’ni, olomon vaziyatni 
murakkablashtiruvchi va o‘ziga xos tezlashtiruvchi generatordir. Misol sifatida 2014 
yili Ukrainada, 2015 yil Misr Arab Respublikasida bo‘lgan xalqaro mitinglardagi 
olomonni keltirish mumkin. Olomon psixologiyasida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y 
beradi, bu o‘zgarishlar nimalarda sodir bo‘lishini ko‘rish mumkin. 
Olomon xatti-harakatining yuzaga kelish psixologiyasi quyidagi ko‘rinishga 
ega: 
1)
olomonda ko‘rish va eshitish orqali kuchli emotsional holat yuzaga keladi; 
2)
o‘zining xatti-harakatlariga javob berish ular uchun oxirgi o‘ringa o‘tadi; 
3)
o‘zida qo‘shimcha kuch va ongida o‘zgarish sezadi. 
Olomonning shakllanish bosqichlari: 
1)
sharoitning yuzaga kelishi (sirkulyatsiya); 
145


2)
miyadagi qaynash; 
3)
dushman obrazining shakllanishi; 
4)
olomonning faollashuvi; 
5)
jamiyatga qarshi harakatning avj olishi. 
Sirkulyar, ya’ni aylanma reaksiya olomonning shakllanishiga olib keladi, 
bunda har xil imkoniyatlar, masalan, faktlar (dalillar), turli xabarlar yaratiladi. 
Miyadagi qaynashda odamlar bir-biri bilan faqat xabar almashadi va eng 
asosiysi ma’lum bir fikrda turishadi. Shuning uchun ham boshqa xabarni (yangi) 
eshitganda o‘zlarini ma’lum ma’noda adashmagan deb hisoblaydilar. 
Dushman obrazining shakllanishi shunday holatki, unda olomon faqat salbiy 
holatlarni tasavvur qilib, o‘zi noroziligini bildiradi. Bularning hammasi olomonning 
harakatini faollashtiradi. 
Bunday tasavvurdagi ob’yektlar ommani birlashtiradi va bir butun qiladi. 
Oxirgi bosqich jamiyatga qarshi xatti-harakatni yuzaga keltirish va olomon faoliyatini 
faollashtirishdir. 
Shu nuqtai nazardan 
olomon 
psixologik jihatdan kelib chiqishiga ko‘ra, 
maxsus, hech qanday insonlar tomonidan tashkil etilmagan odamlarning xatti-
harakatlari yig‘indisidir. 
Fransuz psixolog olimi Gyustav Lebonning fikricha, «olomon yig‘ilganda 
millati, kasbi, tilidan qat’i nazar, ularda maqsad bitta bo‘ladi va ularning ongida to‘la 
fikrlash yo‘qoladi, hatto o‘lim ham ularga qo‘rqinchli emasdek ko‘rinadi»
1

Olomon psixologiyasini bilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, ommaviy tartibsizliklar, namoyishlar, mitinglar kabi salbiy 
holatlarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda qo‘l keladi. 
Ommaviy tartibsizliklar, mitinglar va turli namoyishlar uyushmagan bir 
guruhning salbiy xatti-harakatlari asosida amalga oshiriladi. Olomonga qo‘shilgan 
shaxslar ongida taqlid qilishga kuchli moyillik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik va 
sotsial javobgarlik hissining yo‘qligini kuzatish mumkin. Shu sabali olomon ayrim 
g‘arazli, ig‘vogar shaxslar uchun ob’yektni yo‘q qiluvchi qurolga aylanadi. 
1
Ле Бон Гюстав. Психология народов и масс. 
– 
М., 2000. 
– 
С. 62.
146



Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish