mish-mish gaplar
va
olomon psixologiya
muhim rol o‘ynaydi.
Guruhiy tartibbuzarlik va ommaviy tartibsizliklarning ob’yektiv sabablari va
ularning kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlar turli sabablar tufayli yuzaga
147
kelishi mumkin. Ular orasida asosiylarini quyidagilar tashkil etadi: siyosiy va
iqtisodiy
beqarorlik,
sotsial
adolatsizlik
va
aholi
asosiy
qismining
himoyalanmaganligi, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning o‘sishi, aholi turli
tabaqalarini birlashtira oladigan rasmiy davlat mafkurasi va birlashtiruvchi kuchning
yo‘qligi.
Individual huquqiy ong darajasida guruhiy tartibbuzarliklar sodir etilishiga
imkon beruvchi quyidagi
omillarni
keltirish mumkin: ayrim shaxslarning
demokratiyani anarxiya va o‘zboshimchalik sifatida tushunishi, qonunlarning
talablarini ommaviy pisand qilmaslik, fuqarolar madaniyati va qonunga
itoatkorligining past darajasi, jinoiy obro‘mandlar va har xil millatchilik ruhidagi
ig‘vogarlar ta’sir darajasining yuqoriligi, ko‘plab g‘ayrisotsial elementlarning
mavjudligi.
Ta’kidlash joizki, mazkur sabab va shart-sharoitlar o‘z-o‘zidan har doim ham
jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish yuzaga kelishiga, ayniqsa ommaviy
tartibsizliklarga olib kelmaydi.
Jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlar va ommaviy tartibsizliklar
tashkilotchilari bo‘la oladigan norasmiy yetakchilar katta xavf tug‘diradi. Ushbu
toifaga o‘z harakatlari bilan bunday vaziyatlarni keltirib chiqarish, odamlarni
birlashtirish va jipslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ularni o‘z irodasiga
bo‘ysundira oladigan, ularda ishonch hosil qila oladigan va olomonni junbishga
keltira oladigan shaxslar kiradi. Amaliyotning dalolat berishicha, odamlarga ta’sir
ko‘rsatish «iste’dodiga» ega bo‘lgan bunday shaxslarning aksariyati siyosiy faoliyat
bilan shug‘ullanadilar yoki jinoyatchilar olamiga aloqador bo‘ladilar.
Guruh bo‘lib huquqbuzarliklar sodir etishning boshqa ishtirokchilari orasida
psixologlar dalolatchilar (ig‘vogarlar)ni alohida ajratadilar. Bunday shaxslar,
olomonning hissiy va ruhiy holatidan foydalanib, o‘z maqsadlariga erishish uchun
yolg‘on xabar va mish-mishlar tarqatish orqali odamlarni yo‘ldan ozdirib,
g‘ayriqonuniy harakatlarga undaydilar.
Ushlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bunday shaxslar
toifasiga ko‘pincha sobiq jinoyatchilar va ruhan nosog‘lom kishilar kirishidan dalolat
148
beradi.
Ijrochilar yoki janggarilar xavflilik darajasi bo‘yicha alohida toifani tashkil
qiladi. Bular, odatda, jismonan baquvvat, zarur maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan
shaxslardir. Olomon ichida rasman tartibsizliklarning tashkilotchilari va faol
ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlasalarda, haqiqiy vaziyatni, nizo kelib chiqishining
sabab va bahonalarini baholashda chindan ham yanglishayotgan fuqarolar
ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Olomon tarkibiga, shuningdek qiziquvchi fuqarolar, yashash joyi betayin
shaxslar hamda boshqa g‘ayrisotsial unsurlar ham kiradi. Ularning aksariyati mast
holda bo‘lishlari mumkin.
Jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishning rivojlanishi va yanada kuchayishida
olomonning hosil bo‘lish va shakllanish mexanizmi, shuningdek uning
ishtirokchilarining xatti-harakatlariga xos xususiyatlar muhim o‘rin tutadi. Guruhiy
huquqbuzarlikning rivojlanish dinamikasi bir qancha o‘zaro bog‘liq bosqichlarni
qamrab oladi.
Boshlang‘ich bosqichga nizoli vaziyat yuzaga kelishining qandaydir bahonasi
mavjudligi xosdir. Ba’zan bu muxlislar yoki haybarakallachi mutaassiblarning oddiy
guruhiy bezorilik harakatlari bo‘ladi.
Bu bir guruh shaxslarning qandaydir yuz bergan voqeadan noroziligida,
hokimiyat idoralari, tijorat tuzilmalari, korxona va muassasalarning ma’muriyati
sotsial-maishiy va iqtisodiy sohada olib borayotgan harakatlariga qarshi e’tirozida
namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda to‘planganlarning talabi siyosiy
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Nizo qonuniylikning buzilishi yoxud ichki ishlar
organlari xodimlarining taktik jihatdan noto‘g‘ri harakatlari natijasida ham o‘z-
o‘zidan yuzaga kelishi mumkin. Jamoat joyida odamlarning to‘planishi faktining o‘zi
qiziquvchilar va bekorchilar uchun jozibador ta’sirga ega. Voqea janjalli jihati bilan
qiziqish uyg‘otsa va dolzarb xususiyatga ega bo‘lsa, olomon tezda ko‘payishi
mumkin. Bunday hollarda kimdir ba’zan ig‘vogarona xususiyatga ega bo‘ladigan
uydirma va mish-mishlar tarqata boshlaydi. Ular ta’sirida ishtirokchilar va
tomoshabinlarning hissiy hayajoni ortadi, olomonning «ruhiy zararlanishi» deb
149
ataluvchi hodisa yuz beradi. Olomon ichida tanilmay qolish mumkin bo‘lgan
sharoitda odamlarda o‘z harakatlari uchun mas’uliyat hissi kamayadi, tajovuzkorlik
va oddiy sharoitlar uchun xos bo‘lmagan qo‘rslik paydo bo‘ladi.
Olomon ishtirokchilari zo‘rlik harakatlariga undovchi targ‘ibot va shiorlarni
tanqidiy qabul qilmaydilar. Olomon ultimatum talablarni ilgari surib, ularni darhol
bajarishni talab qiladi. Agar ushbu bosqichda ichki ishlar organlari faol kompleks va
adekvat chora ko‘rmasalar, nizo jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish bosqichidan
ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketishi mumkin.
Faol bosqich tajovuzkor olomonning talablari rad etilgan taqdirda maqsadga
qaratilgan harakatlarga o‘tadigan davrni qamrab oladi. Ushbu harakatlar, odatda
g‘ayriqonuniy va jinoiy xususiyatga ega bo‘ladi hamda og‘ir oqibatlarni keltirib
chiqaradi. Ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari transport va piyodalar harakatini
to‘sadilar, nizo yuzaga kelgan joyda jamiyat hayotining normal sur’atini izdan
chiqaradilar, qo‘lga tushgan materialdan to‘siq va barrikadalar quradilar. Ular
to‘siqlar (devor va g‘ovlar) hamda aloqa yo‘llarini buzishlari, mashinalar va
ko‘chadagi simyog‘ochlarni ag‘darishlari mumkin va hokazo. Bunday harakatlar
zo‘rlik, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish, odamlarni o‘ldirish bilan birga
kechadi. Bunday vaziyatda har xil jinoiy unsurlar ko‘pincha mulkiy jinoyatlar,
o‘g‘riliklar, talonchiliklar, shuningdek odam o‘ldirish va o‘t qo‘yish kabi jinoyatlarni
sodir etadilar.
So‘nggi bosqichda huquqni muhofaza qilish organlarining ommaviy
tartibsizliklarga chek qo‘yish va ularni bartaraf etishga qaratilgan kompleks
harakatlari natijasida olomonning hujumkorligi va faolligi bostiriladi. Ichki ishlar
organlari maxsus operasiya o‘tkazadilar. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari va
ishtirokchilarining jinoiy harakatlari hujjatlashtiriladi, olomon ajratib tashlanadi,
aybdorlar javobgarlikka tortiladilar.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish yuzaga
kelishining dastlabki bosqichida faoliyatning to‘g‘ri taktikasini tanlashi katta
ahamiyatga ega. Bunday huquqbuzarliklardan avval, odamlarning ko‘chalar va
jamoat joylarida ko‘plab to‘planishi yuz beradi. Fuqarolarning e’tirozi va
150
noroziliklari har xil, ko‘pincha adolatli sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi
mumkin. Shu bois yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari eng avval qaysi
sabablarga ko‘ra va qaysi toifadagi fuqarolar to‘planganligini aniqlashlari zarur. Agar
ular to‘planishining sababi tasodifiy voqea (yo‘l-transport hodisasi, ishlab
chiqarishdagi avariya, baxtsiz hodisa) bo‘lgan bo‘lsa, olomonning e’tiborini tortgan
sababni zudlik bilan bartaraf etish zarur. Bu keskinlikning kamayishiga, vaziyatning
yumshashiga, to‘plangan fuqarolar xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi.
Aks holda ichki ishlar organlarining harakatsizligi fojialarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |