Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Sulaymonovning bosh egib kelishi... Hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. «Bu ishning 
boshida Asadbek turgan bo‘lsa, nima uchun Namozovni qamatdi? Balki burnini yerga bir 
ishqab qo‘ymoqchi bo‘lgandir? Buning boshqa osonroq, kamchiqimroq yo‘llari ham bor 
edi-ku? Sulaymonov nima uchun qamoqda o‘tirmoqchi? Uning gunohi nima?» Zohid ish 
battar chigallashganini his qildi. Namozov taqdirini Asadbek hal qilgan, vinzavodga 
osilma, deyishganda masalaning bunchalik mushkulligini kutmagan edi. Vinzavodni 
yaxshilab tekshirish jumboqni oydinlashtirib beradi, deb ishongandi. Sulaymonov 
o‘yindan chiqarilibdimi, demak, vinzavod qal’asiga uncha-buncha hujum pisand emas. 
Zohid jildi jigarrang charmdan ishlangan papkasiga qarab qo‘ydi. Hafsala bilan ish 
boshlagan edi. To‘ldirilgan bir necha sahifa kechagina muhim ma’lumotlar darajasida 
qadrli edi. Hozir esa bu qog‘ozlar sariq chaqaga ham arzimaydi. «Nima, men ko‘chada 
sanqib yurgan laychamanmi, birov tepsa vangillab chetga qochaveradigan...» Shu fikr 
Zohidni sergak torttirdi. Nima, endi u «menga qachon, qanday ish berisharkin», deb 
pashsha qo‘rib o‘tirsinmi? Ish topshirilganda ham «buni mana bunday tarzda 
yakunlaysan», deb aniq ko‘rsatma berishmaydimi? U jonsiz qo‘g‘irchoq kabi qog‘ozlarni 
rasmiylashtirib qo‘ya qolmaydimi? Shunday qilsa — tez «o‘sadi»! Bo‘lmasa... Yerga kirib 
ketadimi? Balki... 
Odamlar falonchini osib ketishibdi, pistonchining uyini o‘g‘ri uribdi, degan vahimali 
mishmishlar chodiri ostida qo‘rqib yashayotgan bir damda shahar prokuraturasining 
bo‘m-bo‘sh kitob javoni, tepalari halqa-halqa dog‘li stol qo‘yilgan kichkina xonasida 
tergovchi ishsiz o‘tiribdi, deyilsa xo‘p qiziq tuyular. Jinoyatlar izidan yurgan Zohid bu 
yerga kelguncha ishsiz o‘tirishni tasavvur qila olmas edi. Qarang, shunday mahkamada 
ham bekor o‘tirish mumkin ekan. 
Bir soat ilgari xonaga beruxsat kirib kelgan tergovchi Namozov qo‘yib yuborilajagini 
aytganda, Zohid ajablangan edi. So‘ng bu holdan g‘ashi keldi. Keyin g‘azablandi. 
Xo‘rlanganini his etib ezildi. Mana endi, bekorchi degan yorliqni olib, bo‘g‘ilib o‘tiribdi. 
Go‘yo prokuror yordamchisi pinjida yuruvchi tergovchi kirib noxush xabarni aytmagan, 
balki bahaybat mingoyoqni olib kirib qo‘yib yuborgan. Bu ko‘rinmas mingoyoq Zohidni 
bo‘g‘zidan bo‘g‘ib ko‘rdi, yuragini g‘ijimlab ko‘rdi. Endi qulog‘idan o‘rmalab kirib miyasini 
zirillatyapti. 
«Nimadir qilishim kerak, — deb o‘yladi u, boshini changallab, — bu o‘tirishda yorilib 
ketaman!» U shunday deb o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Qaerga borishini bilmay, 
gangigan holda ostonada picha turdi. So‘ng dahlizga chiqdi. Uchinchi qavatga ko‘tarilib, 
Keldiev o‘tiradigan xona eshigini taqillatdi. Ichkaridan javob bo‘lmadi. Zohid eshikni 
tortdi — berk. Prokuror yordamchisi «ammamning buzog‘i» deb atagan, boshini bir 
yonga qiyshaytirib yuradigan Keldiev eshikni ichkaridan berkitib olib, Sulaymonov ishiga 
oid hujjatlarni to‘ldirar edi. 
Zohid ikkinchi qavatga tushdi-yu, xonasiga kirgisi kelmadi. Eshikni qulflab tashqariga 
chiqdi. Besh-o‘n kun yo‘q bo‘lib ketsa ham bekorchi tergovchi bilan birovning ishi 
bo‘lmasligini Zohid bilardi. Lekin besh-o‘n kun qaerga boradi. Yelkasidagi tashvish yuki 
bilan qaerga sig‘adi? Zohid shu masalada bir oz yanglishayotgan edi. Nazarida prokuror 
yordamchisi vaziyatni yumshatish uchun uni xoli qo‘yadiganday edi. Go‘yo prokuror 
yordamchisi qilgan ishidan uyalib, uni bezovta qilmaydiganday edi. Bir sodda qiz nikoh 
kuni onasidan kuyovning chap tomonida yotaymi yo o‘ng tomonidami, deb so‘raganda 
onasi qaysi tomonda yotishingning farqi yo‘q, baribir o‘sha ish bo‘ladi, degan ekan. 
Shunga o‘xshash Zohid kabi tuxumdan endi chiqqan tergovchi arazlaydimi, zarda 
qiladimi, baribir — prokuror o‘z bilganidan qolmaydi. 
Kechasi bir sidra quruq qor tashlab so‘ng tundlashib qolgan osmon Zohid ko‘chaga 
chiqishi bilan yana insofga keldi. Zohidning nazarida endi ko‘zni quvnatuvchi qor emas


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish