Til millat ko’zgusi



Download 17,35 Kb.
bet1/2
Sana11.09.2021
Hajmi17,35 Kb.
#171684
  1   2
Bog'liq
maqola


Til – millat ko’zgusi

21- oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 31 yil bo’ldi. Pandemiya sharoiti bo’lishiga qaramay bu kunni shunchaki o’tkazib yuborib bo’lmaydi. Karantin qoidalariga amal qilgan holda 8-oktabr kuni 11-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Til-millat ko’zgusi” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Jo’rayev X,maktab yoshlar ittifoqi yetakchisi Umbetova F, ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari Xolboyeva M, Abdiraupova Z, Sultonova Y.lar boshchiligida o’tkazildi. Maktabning ichki qismi milliylik, faollar zali esa bayramona ruhda bezatilgan. Oktabr oyi ona tili va adabiyot fani oyligi bo’lganligi uchun kiraverishdagi e’lon taxtasida fan oyligining buyrug’i, qilinadigan ishlar rejasi ilingan. Ikkinchi qavatga o’quvchilarning qo’l mehnatlari, ijodiy ishlari, ko’rgazmalari qo’yilgan.

Faollar zalida “Cho’li iroq” musiqasi yangramoqda. Tadbirga alohida mehmonlar taklif etilga. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tumani bo’linmasi rahbari Kamolova Dilorom Ataxanovna , Ohangaron tumani ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hokim maslahatchisi Abduqodirov O’tkir Umrzoqovich hamda, 31-sonli musiqa maktabi direktori Toirov Hasan Nodirovichlar mehmon bo’lishdi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tumani bo’linmasi rahbari Kamolova Dilorom Ataxanovna so’zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklab, qisqacha va mazmunli nutq so’zladi. O’z nutqida o’zbek tilinig boy tarixi, tillarimizning boyish yo’llari, tilning qadri, O’zbek tilining dunyo tillari orasidagi o’rni haqida o’quvchi yoshlarga turli tafsiyalar berdi. Shu o’rinda bizning o’zbek tilimiz hech qachon o’lik tillar qatoridan joy olmasligi uchun tilimizning sofligini saqlab qolish haqida gapirib o’tdilar.

Ohangaron tumani ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hokim maslahatchisi Abduqodirov O’tkir Umrzoqovich so’zga chiqib bu bayram nafaqat bizni, balki barcha o’zbek tilini biluvchi, o’zbek tilini qadrlovchilarning bayrami ekanligini,ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish,uning xalqaro maydondagi obro’ e’tibori va nufuzini yuksaltirish, shu til orqali o’zbek xalqining nufuzini butun dunyoga tanitish kerak ekanligini aytib o’tdi.

31-sonli musiqa maktabi direktori Toirov Hasan Nodirovich so’zga chiqib bayram bilan barchani qutladi. Adabiy tilda ijod qilgan ma’rifatparvar bir qator yozuvchi va shoirlarimiz: Abdulla Qodiriy,Cho’lpon, Fitratlarning ijod yo’llaridagi qiyinchiliklarni bir-bir esga oldilar. Hozirgi kundagi imkoniyatlardan oqilona foydalanishga o’quvchilarni undadi. U o’z so’zida bevosita bugungi kunda reklama va afishalardagi xatoliklar haqida misollar orqali tushuntirishlar berib ketdi”. O’zbek tilini boshqa tillar bilan taqqoslab ayrim so’zlar boshqa tillarda aynan tarjima qilib bo’lmasligi, bu ham bo’lsa o’zbek tilinining boy til ekanligidan dalolatdir”dedilar.O’quvchilarning o’qish va ishlariga omadlar tilagan holda tadbirni ochib berdilar.

Tadbirimiz qizg’in davom etdi o’quvchilar o’zbek tiliga oid moddalar, she’rlar, qo’shiqlar, maqollar aytib mehmonlarni ko’nglidan joy olishdi. Ayniqsa 9-sinf o’quvchisi Abdullayeva Zulayhoning dutorda chalgan kuyi, 7-sinf o’quvchisi Abdusamatova Zebo Sportning qo’l jangi turidagi harakatlari va 2-sinfo o’quvchilarining va 6-sinf qizlari chiroyli raqslarini taqdim etib barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir so’nggida adabiyotga, she’r o’qishga qiziqadigan o’quvchilar o’rtasida mushoira o’tkazildi. Unda 7-8-sinf o’quvchilari hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi Abdiraupova Z.lar qatnashdi. O’quvchilar o’z ustozlaridan qolmaslik uchun bor mahoratlarini ishga solishdi.

Tadbir so’nggida Abdulla Qahhorning “Bizning juda boy chiroyli tilimiz bor, bu tilda ifoda etib bo’lmaydigan fikr-tuyg’u, holat yo’q” shunday ekan tilimizga hurmat bilan qarash, e’zozlash, uning yuksalishi,tilimizning sofligi, boyligi yo’lida kurashish, milliy qadriyat darajasiga ko’tarish barchamizning burchimiz ekanligi aytib tadbirga yakun yasaldi. Zero,tilimizni asrab –avaylash har birimizning insoniylik burchimizdir.

Ohangaron tumani 11- umumiy o’rta ta’lim

maktabining ona tili va adabiyot fani



o’qituvchisi Abdiraupova Zarnigor


Download 17,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish