Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
hovliga chiqdi. Darvozaga qaradi. Eshik qiya ochiq. Kimdir kirib kelganday... Kim keldi? 
Uyga kirdi. Televizorni yoqdi. Yumshoq o‘rindiqqa o‘tirdi. Umid bilan avval darvozaga
keyin telefonga qaradi. Nima uchun uyiga qaytganining sababini u hatto o‘zidan ham 
yashirmoqchi bo‘ladi. 
Yolg‘izligida bir martagina ko‘cha eshigi ochilib, U kirib keldi. Shundan beri necha marta 
ko‘z tikadi. Kutgani kelmaydi. Bu kech kelarmikin? Uning ilinji shu. 
— «O‘zicha kelmaydi, bir bahona bilan chaqir». 
— «Sharmanda... Sharmanda...» 
— «Yoshlik va gul... Ikkovining umri qisqa bo‘ladi. Buni bilganlar yurishibdi yallo qilib. 
Sen-chi?» 
— «Sharmanda... Sharmanda...» 
— «Mening erim bormi? Kim u? Nomusimni bulg‘agan odammi? Agar endi men unga 
xiyonat qilsam, uning nomusi bulg‘anadimi? Falonchining xotini...» 
— «Voy, sharmanda... voy, sharmanda-e...» 
— «Men uning nomusini o‘z ko‘z o‘ngida bulg‘ayman, deb qasam ichganman. Xudo uni 
shol qilib qo‘ysin. Ana o‘shanda ko‘chadagi daydi itni bo‘lsa ham boshlab kelaman, ko‘z 
oldida...» 
Zaynab shu qasamini eslasa rostdan ham umidi ushalganday etlari jimirlashib ketadi. 
«Shu ish qo‘limdan kelarmikin?» deb ikkilanadi. 
Ayol qasam ichmasin. Qasd qildimi, shayton to‘riga o‘raladiyu oqibatda unga Xudo ham 
bas kelolmas. 
— «Chaqir uni...» 
— «Nima deb chaqiraman?» 
— «Bahona top». 
— «Uyalaman». 
— «Birpas gaplashib o‘tirish mumkin-ku? Masalan... Aka-singil singari. Uni chaqir, sen 
yolg‘izsan. Seni qo‘riqlashi lozimmasmi?» 
Shu tarzdagi uzoq olishuvdan so‘ng uning qo‘li telefon sari uzatildi. 
4 
 
Jamshid ko‘ngliga yoqqan juvon bilan bir kecha-kunduz qolib ketdi. U jannat hurlari 
bilan yashayotganiday lazzat qilib, Bek akasining yo‘qlab qolishi mumkinligini ham 
unutdi. 
Asadbek yo‘qlatgan paytda u o‘ynashini tark etib, yo‘lda kelayotgan edi. Boloxonaga 
chiqishi bilan yigitlar xo‘jayin yo‘qlaganini aytishdi. Shu paytda telefon jiringladi. 
Jamshid «Bek akamdir», deb go‘shakni ko‘tardi. Qo‘ng‘iroq qilgan odam darrov gapira 
qolmadi. Jamshid uchinchi-to‘rtinchi marta «allo!» degach, Zaynabning hazin ovozi 
eshitildi: 
— Zaynabman... Hovlida birov yuribdi. Qo‘rqyapman... 
Jamshidning shoshilib o‘rnidan turishi uchun shu xabar kifoya edi. Keyin aytilgan 
gaplarning mag‘zini u yo‘lda ketaturib chaqmoqchi bo‘ldi. «Ko‘cha eshigi ochiq turibdi... 
Moshinangizni katta ko‘chaga qo‘yib keling...» Bu gaplarga tushunish unchalik qiyin 
bo‘lmasa-da, Jamshid haq javobni olishni istamadi. 
U Zaynabning qarashlaridagi sirni bilmas edi, desak, sizni aldagan bo‘lamiz. Ayol 
zotining qarashlarini tushunmaydigan erkak bormi o‘zi bu dunyoda. Jamshid qamoqdan 
chiqqanidan beri ayol zotining turli toifasini ko‘rdi. Ularni ko‘zlariga qarab, chindan suyib 
erkalayaptimi yo ersirab qolganmi, yo dardi pulmi, darrov bilib oladi. Zaynabning 
qarashlari esa... boshqacha edi. Zaynabning muhabbatini tili tish hatlab oshkor eta 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish