Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 201-guruh talabasi Odilova Zaynabning taqdimoti Eshitish, hid bilish va ta’m bilish organlari va ularning yoshga oid xususiyatlari Reja:
Analizatorlar funksiyalari;
Eshitish a’zolarining tuzilishi;
Eshitish analizatorining funksiyasi;
Hid bilish va ta’m bilish a’zolarining tuzilishi;
Hid va ta’m bilish analizatorlarining fiziologiyasi.
Eshitish a’zosining tuzilishi Eshitish organi turli tovushlarni eshitish va muvozanatni saqlash vazifasini bajaradi. Eshitish organi uch qismga: tashqi, o’rta, ichki quloqqa bo’linadi. Tashqi quloq suprasi tashqi eshitish yo’lidan iborat. Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida nog’ora parda bor. U oval shaklida bo’lib, qalinligi 0,1 mm ni tashkil etadi. O’rta quloq ichida eshitish suyakchalari – bolg’acha, sandon va uzangi bo’ladi. Ichki quloq labirintdan iborat bo’lib, yumaloq darcha bilan o’rta quloqqa tutashadi. Analizator funksiyasi Eshitish organining asosiy funksiyasi tashqi muhitdan tovush to’lqinlarini qabul qilish ya’ni eshitish hisoblanadi. Bunda tashqi muhitdan tovush tashqi eshituv yo’li orqali nog’ora pardaga yig’ib beriladi va nog’ora parda tebranishi natijasida o’rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari ham tebranadi va tovush tebranishlari ichki quloqqa o’tkaziladi. Ichki quloqdagi perilimfa va endolimfa suyuqliklari ham tebranish hosil qiladi va bu tebranish nerv tolalari orqali bosh miya yarimsharlarida joylashgan eshitish oliy markaziga yetkaziladi va biz shu tariqa atrofdagi tovush to’lqinlarini eshitamiz. Odam turli moddalarning hidini burunni yuqori chig’anoqlarining o’rta qismi va burun to’sig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardaning yuzasi 5 sm2 keladi. Hid bilish hujayralarining o’siqlari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari hidlash sohasining shilliq pardasiga tushib, hid bilish hujayralariga ta’sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga keladi. Ta’m bilish a’zosining tuzilishi Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining epiteliyasida yumaloq yoki oval shaklidagi ta’m bilish piyozchalari joylashgan. Har bir piyozchada 2-6 ta ta’m bilish hujayralari bo’ladi. Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 mingtagacha yetadi. Ular tilning shilliq qavatidagi so’rg’ichlarda joylashgan. Tilning uchida 150-200 ta zamburug’simon ta’m bilish piyozchalari, asosida esa bargsimon piyozchalar bor. Bundan tashqari, ta’m bilish piyozchalari yumshoq tanglay yuzasida, yutqinning orqa devorida va hiqildoq ustida juda siyrak joylashgan. Har bir ta’m bilish piyozchalaridagi 2-3 ta nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o’tadi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |