www.ziyouz.com kutubxonasi
214
olmasdi, biroq ko‘zlari «sevaman!» deb dod solardi. Jamshid bu dodni ko‘zi bilan ko‘rib,
yuragi bilan eshitardi. Ammo bu faryod uning qalbini larzaga solmasdi. Chunki uning
yuragidagi muhabbat tuyg‘usini o‘smirlik chog‘idagi ayolning o‘sha nayrangi bo‘g‘ib
o‘ldirgan edi.
U Bek akasiga sodiq edi. Bek akasi uchun, xususan, shu qiz uchun joni lozim bo‘lsa,
berardi. Ammo qizning bu sirli qarashiga bandi bo‘la olmasdi.
Shahar ko‘chalaridan mashinani uchirib haydab «balki bormaganim ma’quldir. Hali ham
qaytib, Ravshanni yuboraymi» deb ham o‘yladi. «Eri qayoqda ekan? Balki borgunimcha
kelib qolar...» degan fikrda iziga qaytmadi. Elchinning Farg‘onaga ketganini bilganida
balki qaytar, shu bilan tashvishlardan qutulib qolarmidi...
5
Asadbek, Sharif Namozov chiqib ketgach, uyiga qaytmoqchi edi. Chuvrindi eski
mahalladagi «amri ma’ruf»ga taklif etilganlarini eslatgach, noiloj ko‘ndi. Jalil boshlab
kelgan chollar «mahallani buzdirishga yo‘l qo‘ymayotgan emishsan», deb ketishganidan
beri eski mahallasiga o‘tmagan edi. «Bormasam arazlabdi, deyishmasin», degan fikrda
yo‘lga chiqdi.
Bolaligi o‘tgan uydan ikki eshik narida odamlar to‘planib turishgan edi. Mashinani
beriroqda to‘xtatib, tushishlari bilan to‘pdan bir kishi ajralib, ular tomon yurdi. Asadbek
Jalilni tanidi.
— Qarab tur, hozir sasishni boshlaydi, — dedi Chuvrindiga.
— Xo‘p deyaverasiz-da, — dedi Chuvrindi kulimsirab.
— Bu mahallada ham odamlar turishini bilarmiding? — dedi Jalil salom-alik qilmay. —
Kuttirish ham evi bilan-da. Besh yarimga kel, degandan keyin kel-da. Omonmisan o‘zing
ishqilib?
— Aka, xizmatchilik-da, ish chiqib qoldi, — dedi Chuvrindi, Asadbek o‘rniga javob berib.
— Yaxshi hamki «ish-sh-sh» deydi. «Xih!» desa dumingni tutqazmas ekansan-da, a? —
dedi Jalil, gapni hazilga burib. — Yuraqol, Sobitxon ma’ruza qilyapti. Qo‘qonga ketishi
kerak ekan, zo‘rlab olib qoldik.
— Qo‘qonda nima qilar ekan? — dedi Asadbek.
— Ota-onasi hozir o‘sha yerda turarkan. Otpuskaga chiqibdi. Bir oy uyida turar ekan.
— Imomlar ham otpuska qilar ekanmi? — deb kuldi Asadbek.
Asadbek hovliga o‘rnatilgan tovush kuchaytirgichdan kelayotgan mayin ovoz egasini Jalil
aytmayoq tanigan edi. Asadbekni voiz o‘tirgan uyga emas, «nozik odamlar» uchun
ajratilgan xonaga boshlashdi. Jalil bilan Chuvrindi unga hamroh bo‘lishdi.
— Zo‘r gapiradi-da, — dedi Jalil, choy qaytarib.
Sobitxonning ma’ruzasini Asadbek ikki-uch eshitgan, taklifini rad etgani uchun uni
yomon ko‘rib qolgan bo‘lsa-da, nutq so‘zlashiga tan bergan edi. Shu sababli hozir Jalilga
e’tibor bermay, qorining so‘zlariga quloq tutdi:
— Shunday qilib, hazrat Ali, Roziyallohu anhu, qilich ham taqmay, sovut ham kiymay,
oddiy kiyimda Zubayr tomon yurdilar. Borib qarasalarki, Talxa hazratlari ham
mukammal qurollangan hollarida tayyor turibdilar ekan. Har ikkilarining yaqinlariga
borib, ularga qarab: «Umrimga qasamki, sizlar odamlarni, otlarni jangga tayyor holga
keltirib qo‘yibsizlar. Biroq, qiyomat kuni Olloh tabaroka va taolo huzuriga borganingizda
unga aytadigan uzrlaringizni ham tayyorlab qo‘ydingizmi? — dedilar. So‘ng ularni
shayton yo‘lidan qaytarmakni istab yana shu gaplarni aytdilar: — Ollohdan qo‘rqinglar,
bunday bema’ni urushga bel bog‘lashdan tiyilinglar. O‘zi avvalda mahkam etgan arqonni
o‘zi chuvalab tashlaydigan kimsa kabi bo‘lmanglar. Buyuk islom jamoatini barpo etishda
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |