www.ziyouz.com kutubxonasi
200
bizni haydab kelishgan. Biz tig‘ ko‘tarib kelmadik. Bo‘sh qo‘l, och qorin bilan keldik.
Onam ham, buvam ham o‘sha yoqda yotibdilar. Kafanlikni ham o‘zbeklar berishgan. Men
kichkina bola edim. Itday xor qilib haydab kelishgan. Turklarning boshiga ham shu kun
tushgan. Xorlik nimaligini bilaman. Buvam ichgan tuzingni oqla, deganlar. O‘g‘ri bo‘lib
ketdim. Buvamning vasiyatlarini bajarmadim. Endi ham qarab tursam yarashmaydi. Siz
gaplarimga ishonmayapsiz.
— Ha, — Asadbek shunday deb o‘rnidan turdi.
— To‘g‘ri qilasiz, — dedi Zelixon, — darrov ishonsangiz, sizni nodon derdim.
— Men o‘ylab ko‘raman. Sizdan bir iltimosim bor. Elchin ko‘proq sizga suyanadi.
Gapingizga quloq soladi. Unga tayinlang, jim yursin. Haddidan oshmasin. U ashulachi,
ashulasini aytib yuraversin.
— Siz haqsiz. Men ham unga shunday dedim.
Do'stlaringiz bilan baham: |