www.ziyouz.com kutubxonasi
202
— Otgan bola kim? — dedi g‘azab bilan.
— Tanimayman.
Selim so‘zini tugatmay, qornidan musht yedi.
— Cho‘pchagingni enangga aytasan, — dedi Zelixon ikkinchi mushtni tushirib. — Kim
deyapman, sening odamingmi?
— Yo‘q, bu janjalga biz aralashmadik. U bola hech kimning odami emas.
— Qaerda o‘tiribdi, Farg‘onadami?
— Yo‘q, shu yerda.
— Hozir olib borasan, uchrashtirasan.
— Milisaga gapim o‘tmaydi.
Qorniga tushgan uchinchi musht zarbi kuchliroq bo‘ldimi, harholda Selim milisaga so‘zi
o‘tishi mumkinligini eslab qoldi.
Milisaxonadagilar Selimning iltimosini rad etolmay, «qotilning amakisi bo‘lmish»
Zelixonga besh daqiqalik uchrashuvga ruxsat berishdi. To‘s-to‘polonda uyidan miltiq
chiqarib o‘q uzgan yigitni ko‘rgan odam uni birov bilan urushadigan holi bor, deb
o‘ylamas edi. Muk tushib yotgan yigit Zelixonni tergovchi deb o‘ylab, erinibgina qaddini
ko‘tardi. Yigitning yuz-ko‘zida ko‘kargan yoki tirnalgan joy yo‘q edi. Ko‘zlarida ham azob
uchqunlari sezilmasdi. «Nahot, urib-tergashmagan bo‘lsa...». Zelixon tik bostirib borib,
dahani ostiga mushtini tiradi.
— Mening umrim qamoqda o‘tgan, — dedi u dabdurustdan.— Shu sababli sen bilan
pachakilashib o‘tirmayman. To‘g‘risini aytmasang, ichagingni boshingga salla qilib o‘rab
ketaman. Miltiqni senga kim berdi?
— O‘zim oldim. Uyda turgan edi.
— Nimaga otding?
— Quvlab kelishdi.
— Tergovchiga shunday dedingmi?
— Ha.
— Men tergovchi emasman. Menga to‘g‘risini aytishing kerak, tushundingmi?
— To‘g‘risini...
Yigit qorniga musht tushib, bukchayib qoldi. Zelixon kekirdagidan chimchilab, uni
qaddini rostlashga majbur etdi.
— Nasha chekasanmi?
— Yo‘q.
— Nashani kimdan olding o‘sha kuni?
— Chekmayman, dedim-ku?
Zelixon uning qorniga yana bir musht urdi. Bukchaygan qaddini bu safar rostlamadi.
— Kim berdi, Selimmi?
Yigit og‘riq zo‘ridan ingradi, ammo javob bermadi. Zelixon uni qulog‘idan cho‘zib, boshini
ko‘tardi. Yigit qo‘rqib ko‘zini olib qochdi. Zelixon ikki barmog‘ini ombur qilib uning
kekirdagini qim- chidi.
— Selim berdimi?
— Ha...— yigit shunday deb o‘qchib yubordi.
Zelixon boplab bir tepsammi, deb xezlandi-yu, «buni urgandan nima foyda», deb o‘zini
tiydi.
2
Elchin Zelixonga qo‘shilib milisaxonaga bormadi. U Ahadbey bilan birga eski
«Zaporojets» yonida qoldi. Ikkovlon bittadan chekishdi. Ahadbey katta shahardagi ob-
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |