29
gorizontall tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda ekskavatorlar to’liq
buriluvchi yoki
to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli
ekskavatorlar to’liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari
asosan – to’g’ri lopatali ekskavator va draglaydir. Ba’zi hollarda teskari lopatali ekskavator, greyfer
va strug ishlatiladi.
8.1-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko’rinishi
To’g’ri lopatali ekskavatorlarning asosan to’rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat
bilan
kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch
beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.
To’g’ri lopatali suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A ekskavatorining tuzilishini
ko’rib chiqamiz (rasm-8.1).
Ekskavator ishchi uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi
platforma 14 va gusenitsali 16 yurish organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. CHo’mich tagidan
ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5
yordamida burchak ostida tortib qo’yiladi.
CHo’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko’taruvchi baraban
yordamida kanat 7 orqali ko’tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan
foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish mexanizmi 4 ga ega bo’lib strelada
joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki tomoniga maxkamlangan. Kuch
beruvchi shesternya esa
kuch beruvchi valga joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o’qida burilish imkoniyatiga ega
bo’ladi.
Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari,
kuch berish
uskunalari va ekskavatoni boshqarish mexanizmlari joylashgan.
Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venets 17 o’rnatilagn yurish telejkasi
ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) zavodida ishlab
chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi ekskavatorlar esa PO «Ijorskiy za-
vod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi.
Ushbu ekskavatorlada rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni
tortish platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok va bloklar
orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik bog’lanmagan
bo’lib strela ustunlari oralig’ida harakatlanadi.
«Superfront» ishchi uskunariga ega bo’lgan ekskavatrlarda cho’michning ishchi traektoriyasi
uchta mexanizmi (ko’tarish, kuch berish va burish) ning o’za’ro ta’siri natijasida amalga oshiriladi.
Ishchi uskuna cho’mich, rukoyat va streladan tashkil topgan. Ko’tarish mexanizmi ko’tarish
30
lebedkasi 16, kanat 7 va bloklar 8,9 dan tashkil topgan. Kuch berish uchun ikkita gidrotsilindr 14 lar
xizmat qiladi.
8.2-rasm. «Superfront» ishchi uskunariga ega bo’lgan ekskovator
kinematik sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: