O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 6,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/86
Sana16.03.2022
Hajmi6,01 Mb.
#497009
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
kon mashinalari 2

Zanjirli ekskavator 
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavator (9.1-rasm) tog’ jinsini uzluksiz zanjirga maxkamlangan 
cho’michlari 1 yordamida qamraydi. Uzluksiz zanjir yurituvchi yulduzcha 3 yordamida rama 2 
bo’ylab xarakatlanadi. CHo’michli zanjir pastdan yuqoriga harakatlanib, qabul qilish tarnovi 4 ga 
yukni uzatib beradi. Bundan ekskavatorda joylashgan bunkerga yoki oraliq konveyerga, bundan esa 
vagon yoki konveyerga yuklanadi.
Ekskavator ishchi organi tog’ jinsi qatlamini massivdan ajratishda gorizontal va vertikal 
tekisliklarda harakatlanadi. Ekskavatorning asosiy ish usuli cho’michlarning rasm joylashgan 
tekislikdagi to’g’ri chiziqli harakati va ramaning ko’ndalang harakatidan iborat. 
Ko’ndalang qamrovchi zanjirli ekskavatorlar quyidagi belgilari bo’yicha farqlanadi: 
- ekskavator va zaboyning o’zaro joylashishi bo’yicha; 
- ishchi organining konstruktsiyasi bo’yicha; 
- ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo’yicha; 
- yuk tushirish qurilmasining konstruktsiyasi bo’yicha; 
- ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog’lanish usuli bo’yicha; 
- yurish uskunalarining turi bo’yicha. 
Ekskavator va zaboyning o’zaro joylashishi bo’yicha ekskavatorlar pastdan qamrovchi (zaboy 
ekskavator harakatlanayotgan tekislikdan pastda bo’ladi) va yuqoridan qamrovchi (zaboy ekskavator 
harakatlanayotgan tekislikdan yuqorida bo’ladi). 
Ishchi organining konstruktsiyasi bo’yicha ekskavatorlar: cho’michli zanjiri mustahkam (qattiq) 
yo’naltirilgan, cho’michli zanjiri pastki tarmog’i erkin osilgan va kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin. 
Ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo’yicha zanjirli ekskavatorlar buklama yoki parallel 
qamrashli bo’lishi mumkin. Zamonaviy ekskavatorlarda cho’michli ramasining konstruktsiyasi bo’yicha 
har ikkala usulda ham ishlay oladi.
Yuk tushirish qurilmasining konstruktsiyasi bo’yichaekskavatorlar to’gridan – to’g’ri transport 
vositasiga yuklovchi markaziy yuk tushirish bunkeriga ega bo’lishi yoki lentali yuk tushirish konveyeri 
joylashtirilgan konsollga ega bo’lishi mumkin. Keyingi vaqtlarda to’g’ridan-to’g’ri ag’darmaga yuk 
tushirishga mo’ljallangan 60-100 m li konsolli zanjirli ekskavatorlar ishlab chiqarilmoqda. 
Ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog’lanish usuli bo’yichaekskavatorlar 
burilmaydigan va buriladigan turlariga bo’linadi. Birinchi holda ekskavator ishchi uskunalari 
korpus va yurish qismlari bilan qattiq bog’langan bo’lib, ekskavator harakati cho’michli 
ramaning ishiga qattiy bog’liq. Ikkinchi holda esa yuqorigi platforma ishchi organi Bilan 
gorizontal tekislikda ma’lum burchakka, ayrim hollarda 360
0
ga buriladi. Zamonaviy 
ekskavatorlarning barchasi buriluvchi ishchi organiga ega.
Yurish uskunalarining turi bo’yichaekskavatorlar relьsda harakatlanuvchi, gusenitsali va 
relьs-gusenitsali va qadamlovchi xillariga ajratiladi. 
9.1-rasm. Zanjirli ekskavator 

Download 6,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish