G
— gusenitsali,
P
— pnevmog’ildirakli
o’ziyurar va
N
— salazkaga o’rnatilgan o’ziyurmaydigan.
SBU-100-35 stanogi modellarining bir-birlaridan farqlari asosan transport bazalari va chang
bostirish tizimidadir. SBU-100N-35 stanogida suv-havo aralashmasi yordamida, SBU-100G-35 va
SBU-100P-35 stanoklarida esa yengli filьtr bilan quruq havo yordamida amalga oshiriladi.
SBU-100-35
stanoklarining
barcha
modellarida
ishchi
organ
konstruktsiyasi
unifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) bo’lib, aylantirgich, uzatish tsilindri, yo’naltiruvchi
(machta) va burg’ilash snaryadidan tashkil topgan. Stanok ishchi organi qiya burg’ilash uchun
ramaga sharnirli biriktirilgan. Stanokni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun ko’chma kompressor
stantsiyasi yoki kar’er siqilgan havo tizimidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorga A2-20
turidani avtomaslenka orqali beriladi. Burg’ilash shtangalari ramada joylashgan stellajga qo’l
kuchi yordamida taxlanadi. Stellajning sig’imi 40 dona shtanga.
Ko’tarish va tushirish jarayonlari 160 mm diametrli turg’un o’rnatilgan tsilindr 1 ga ega
bo’lgan pnevmoporshenli uzatish mexanizmi yordamida bajariladi. Porshen shtok 2 bilan birga
1050 mm yurish o’lchamida pastga 6 kN va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich
porshen shtoki 2 bilan bog’langan bo’lib, truba shakldagi yo’naltirgich bo’ylab siljitiladi.
Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog’onali planetar reduktor (2K -N sxemasi
bo’yicha) va shpindeldan tashkil topgan. Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan
birga shtanga ulanadi.
SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo’lgan kon jinslaridan
diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo’lgan vertikal va qiya skvajinalarni
burg’ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi kon massividagi unumdorligi 36m/smena
gacha ni tashkil etadi.
Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-
105K va P-125K pnevmoudarniklari ishlatiladi.
Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali
telejkadan tashkil topgan. Har bir gusenitsa quvvati 5,5 kVt
li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Stanok tashqaridan
pulьt yordamida boshqariladi.
SBU-100P-35
stanogi
SBU-100G-35
stanogining
modifikatsiyasi hisoblanadi. Uning yurish qismi – payvand
orqali qurilgan rama, ikkita bort va pnevmoshinali to’rtta
yetaklovchi g’ildirakdan tashkil topgan. Har bir bortning
yuritmasi chervyakli reduktor va tishli uzatmalardan tashkil
topgan.
SBU-100N-35 – o’ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok
machtasi qo’l lebedkasi yordamida ko’tariladi va metall palьets
yordamida tutib turiladi. Stanokning burg’ilash jarayonidagi
muvozanatini ta’minlash uchun salazkalariga yuk taxlanadi.
Stanok masofali pulьt yordamida boshqariladi.
4.1-rasm. SBU stanogining kinematik sxemasi
1-uzatish pnevmotsilindri, 2- porshen shtoki, 3-aylantirgich, 4-burg’ilash snaryadi, 5-
gusenitsali yurish uskunasi, 6-machtani ko’taruvchi gidrotsilindr, 7-domkrat, 8-gusenitsa, 9-
maslostantsiya, 10-bort reduktori, 11-ventilyator, 2-chang bostirish qurilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |