Mavzu: Tombop va gidroizolyatsiya materiallari Reja: 1.Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar. 2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari. 3.Bitum haqida tushuncha Gidroizolyasiya materiallari mustahkamlik, deformativlik, issiqqa bardoshlilik, biologik va kimyoviy muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 4500-5000 yil avval Misr va Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni, kanal va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiya qilish uchun ishlatilgan. 2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino va inshootlarning eng ma'suliyatli qismiga ishlatiladi. O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha qatlamlardan iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) yoki kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan tosh) sepiladi. Bundan tashqari tangasimon sepmali o‘rama materiallar ham ishlab chiqariladi. O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va boshqalarni bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozision bo‘lib, bitum yoki qatron bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich (mineral yoki rezina kukuni) va modifisirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator va stabilizatorlar) aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi. Ruberoid-texnik kartonni oson eriydigan bitumlar eritmasida shimdirib, ikki tomonidan kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan talk yoki boshqa minerallar sepib tayyorlangan o‘rama materialdir. Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tom yopilishida ostki (P) va ustki qatlam (K) uchun, qurilish konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash uchun ruberoidlarga bo‘linadi. Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP-350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 V. Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1m2 ruberoidning massasi (g) bildiradi. Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta'sirida chirishini bartaraf etish maqsadida antiseptiklar bilan bitumga ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikasiyalangan bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid –500S haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi, ob-havoga chidamli bo‘ladi. Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m2 holda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili ishlab chiqarilmoqda. Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida bevosita asosga maxsus bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va qoplamaning sifati oshadi. Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya'ni qo‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi. Shisha ruberoid-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: S-RK (yirik donali sepma), S-RCh (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli sepma). Shisharuberoid tom yopmasida yuqori va pastki qatlamlarda va konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Shisha tolali asoslarni kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi. Gidroizol-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. Gidroizol yer osti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi. Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |