№ 2 AMALIY MASHG‘ULOT
(2- soat)
Mavzu: QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH.
Tabiiy materiallar bilan ishlash.
Ishning maqsadi:
Qog‘oz va karton to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish,
ularning turlarini
vaxususiyatlarini hamda qog‘oz va kartondan buyum tayyorlash texnologiyasini o‘rganish.
Ishni bajarish tartibi:
1.Qog‘oz va karton bilan ishlash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
2. Qog‘oz va karton xususiyatlari. Ularning turlari va navlari
3. Qog‘oz va kartondan buyumlar tayyorlash va uning texnologiyasi.
4. Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash.
Nazorat savollari:
1.Qog‘oz va kartonlarning qanday turlari mavjud?
2. Qog‘oz va kartonlarning xususiyatlarini tushuntirib bering?
3.Qog‘ozdan buyum tayyorlash jarayonini ayting?
4.Kartonlardan buyum tayyorlash texnologiyasini izohlab bering?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Bekmuratova M. Texnikaviy ijod va dizayn.–T.: Fan
va texnologiya, 2004.
2.Vorobyov A.I., Limanskiy A.S. Texnik konstruksiyalash va modellarni yasash.–T.: O‘qituvchi,
1990..
3.Muslimov N.A., Sharipov Sh.S. Texnik ijodkorlik va dizayn.-T.: «Iqtisod -Moliya» 2009.
4. Nozik munchoqlar to‘qish/ to‘plovchi va tarjimon D. Abduraimova. – T.: “DAVR PRESS”
NMU, 2012.
5. Gulli bezaklar tikish: / tuzuvchi va to‘plovchi: A.Oynazarova. – T.: “DAVR PRESS”, 2011.
7. E-mail: davr-press@ mail.ru.
Umumiy ma’lumotlar.
Qog`oz vakarton xususiyatlari. Ularning turlari va navlari.
Odamlar asrlar davomida o`z xotiralarini suyakka, toshga, hayvonlar terisiga bitik qilib keldi.
Fikrlarning ilk shakli muayyan shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki kitoblar - qoyalar
bo`lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol-yarog`lari, o`rmon
va sahroda yashovchi
hayvonlarning rasmlarini o`yib ishlaganlar.
Osuriya podshohi Ashurbanipal eramizdan oldingi 7 asrda o`z poytaxtida sopol
kitoblarning katta kutubxonasini tashkil etgan bo`lib, bu kitob namunalari bizgacha yetib kelgan.
Qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga bitilgan. Palma yaproqlarini quritib, ulardan
eskiz plastinkalar qirqib olinib
keyin tush bilan yozilgan, bu plastinkalar so`ng bir-biriga
mustahkamlanib, jildi yaxshi silliqlangan taxtachalardan qilingan, ustiga bezak berilib kitob holiga
keltirilgan.
Novgorod ruslari qayin po`stlog`ida yozishgan.
Eramizdan V asr muqaddam Uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo`lgan. Bu ham
qimmatbaho material bo`lib, madaniyat rivojlanib borgan sayin yozish
uchun arzon materialga
talab orta borgan. Olimlar qog`ozni birinchi marta ipak namati tayyorlanayotgan vaqtda paydo
bo`lgan deb taxmin qiladilar.
Anchagina pishiq, arzon xom ashyodan tayyorlanadigan qog`oz
barcha mamlakatlarda
keng qo`llana boshladi.
Biroq qog`ozni tayyorlashning bu jarayoni juda unumsiz edi, qog`ozga talab esa borgan
sari ortardi. Keyinchalik xom ashyoni maydalashda o`g`ir o`rniga tegirmon toshidan foydalanila
boshlandi.
Gazeta qog`ozi
eng arzon va ko`p tarqalgan qog`oz turidir. Sifatiga ko`ra uncha pishiq
emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi
.