Tombop va shimiluvchan mastikalar



Download 35,34 Kb.
bet1/2
Sana12.04.2022
Hajmi35,34 Kb.
#545904
  1   2
Bog'liq
Tombop va gidroizolyatsiya materiallari


TOMBOP VA SHIMILUVCHAN MASTIKALAR
Reja:
1.Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari.

1.Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.


Gidroizolyasiya materiallari mustahkamlik, deformativlik, issiqqa bardoshlilik, biologik va kimyoviy muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 4500-5000 yil avval Misr va Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni, kanal va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiya qilish uchun ishlatilgan.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari
Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino va inshootlarning eng ma'suliyatli qismiga ishlatiladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha qatlamlardan iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) yoki kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan tosh) sepiladi. Bundan tashqari tangasimon sepmali o‘rama materiallar ham ishlab chiqariladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va boshqalarni bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozision bo‘lib, bitum yoki qatron bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich (mineral yoki rezina kukuni) va modifisirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator va stabilizatorlar) aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi.
Ruberoid-texnik kartonni oson eriydigan bitumlar eritmasida shimdirib, ikki tomonidan kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan talk yoki boshqa minerallar sepib tayyorlangan o‘rama materialdir.
Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tom yopilishida ostki (P) va ustki qatlam (K) uchun, qurilish konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash uchun ruberoidlarga bo‘linadi.
Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP-350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 V. Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1m2 ruberoidning massasini (g) bildiradi. Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta'sirida chirishini bartaraf etish maqsadida antiseptiklar bilan bitumga ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikasiyalangan bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid –500S haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi, ob-havoga chidamli bo‘ladi.
Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m2 holda ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili ishlab chiqarilmoqda. Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida bevosita asosga maxsus bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va qoplamaning sifati oshadi (23.1-rasm).
23.1-rasm. Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash
Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya'ni qo‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi.
Pergamin-texnik kartonni yumshash harorati 400S gacha bo‘lgan bitum eritmasiga shimdirib olinadi. Pergamin tom yopishda ruberoidning quyi qatlamlariga qo‘yiladi va gidroizolyasiya uchun ishlatiladi.
Shisha ruberoid-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: S-RK (yirik donali sepma), S-RCh (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli sepma). Shisharuberoid tom yopmasida yuqori va pastki qatlamlarda va konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Shisha tolali asoslarni kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi.
Gidroizol-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. Gidroizol yer osti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi.
Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.
Metallizol-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab tayyorlanadi. Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli materialdir. Metallizol yer osti va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Brizol-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 600S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U yerosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika yordamida yelimlanadi.
Izol-bitum, devulkanizasiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o‘rama gidroizolyasiya va tombop material.
Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish muddati ikki marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, umumiy polotno yuzasi 10-15 m2 holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni, rezervuarlarni, basseynlarni, yerto‘lalarni, truboprovodlarni, qiyali va yassi tomlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli mastikalar yordamida yelimlanadi.
Tol-texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum yoki mineral kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis tomlar gidroizolyasiya qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va inshootlar poydevori va boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning tomi gidroizolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Tol-charm va gidroizolyasion tol texnik kartonni qatronlarda shimdirib, qatron va mineral kukun sepmasisiz olinadi. U ko‘pqatlamli gidroizolyasiya qoplamasining pastki qavatlarida va bug‘ izolyasiyasida ishlatiladi.
Qatronbitumli o‘rama material texnik kartonni qatronga shimdirib, ikki tomondan bitum va mineral kukun sepib tayyorlanadi. Ular ko‘pqatlamli tom gidroizolyasiya qoplamasi barpo qilishda ishlatiladi.
Tombop va gidroizolyasiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik va mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga mos kelishi kerak. Masalan, shisharuberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 min davomida namuna yuzasida suv tomchilari paydo bo‘lmasligi kerak.
Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog‘lovchisi asosidagi o‘rama materiallarning issiqqa bardoshliligi 800S, tolniki esa 450S. Eni 50 mm qilib o‘rama materialdan kesib olingan namunaning cho‘zilishdagi mustahkamligi ruberoid uchun 320-340 N, shisharuberoid uchun 300 N dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Donali gidroizolyasiya buyumlari. Fasonli bitumli listlar LB-500 va LB-600 markalarda ishlab chiqariladi. Shimdirilgan bitumli massaning yumshash harorati 600S kam bo‘lmasligi kerak. Ular tom qoplamalarining yuza qismiga ishlatiladi.
Armaturalangan plitalar bitumli issiq mastikani yoki issiq asfalt qorishmasini, metall to‘r yoki shisha mato bilan armaturalab, presslash usulida tayyorlanadi.
Armaturasiz plitalar aynan shunday kompozisiyalar asosida armaturasiz tayyorlanadi. Ushbu plitalar qurilish konstruksiyalarini, poydevorlarni gidroizolyasiyalashda va deformasiyalanuvchi choklarni berkitishda ishlatiladi.
Bugungi kunda tom yopish materiallari bozorida tom yopish mastikasiga talab ortib bormoqda. Bu suyuq viskoz bir hil massa bo'lib, sirtga qo'llanilgandan va qattiqlashgandan so'ng monolit qoplamaga aylanadi. Tom yopish mastikasidan eng keng tarqalgan foydalanish tomlarni o'rnatish va ta'mirlash, shuningdek, suv o'tkazmasligi hisoblanadi.
Qo'llash usuliga ko'ra, tom yopish mastikasi issiq yoki sovuq bo'lishi mumkin. Issiq tom yopish mastikasining asosiy afzalliklari orasida uning tez qattiqlashishi hisoblanadi. Yaxshi tayyorlangan materiallar bunday mastik bilan ishlov berilsa, ular bir necha daqiqada mustahkam va ishonchli mahkamlanadi. Ishni bajarish uchun polimer mastikasi 160-180 darajaga qadar isitiladi, shundan so'ng u asosga spatula, cho'tka bilan qo'llaniladi. Yana bir usul - isitiladigan bitum-polimer mastikasi oddiygina tayyorlangan asosga quyiladi va ehtiyotkorlik bilan tekislanadi.
Bitum-polimer mastikasi bitum va polimer materialning sifatlarini birlashtiradi. Namlikdan, qo'ziqorin va mog'or paydo bo'lishidan himoya qiladi, yuqori quvvatga ega. Yog'och, metall, beton va boshqa tuzilmalarni korroziyaga qarshi himoya qilish uchun ishlatiladi. Bunday polimer mastikalar quvurlarni korroziyaga qarshi himoya qilish, tom yopish va gidroizolyatsiya ishlarida, barcha turdagi qurilish materiallarini yopishtirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bunday material tikuv va bo'g'inlarni yopishtirish, plitkalar va gidroizolyatsiya materialini yopishtirish zarur bo'lganda ajralmas hisoblanadi. Qoplama sirtga suyuqlik shaklida qo'llaniladi, tikuv va bo'g'inlarga ega bo'lmagan suv o'tkazmaydigan plyonka olinadi. Ushbu plyonkaning elastikligi tufayli, tomning deformatsiyasi bo'lsa ham, tomning zichligi saqlanib qoladi.

Download 35,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish