O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


joriy narxlar asosiyda qayta baholash



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

joriy narxlar asosiyda qayta baholash
deb nom olgan 
(marking to market). 
b)
Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi o‘rtasidagi farq foyda to‘g‘risidagi tasavvurga ham 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu Siz ma’lum vaqt 
oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib, shu bilan birga, mazkur 
vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda
foyda – bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mablag‘i hajmi 
bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida qancha pulingiz 
bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma’noda iqtisodiyot 
bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi 
Jon R.Hiks (John 
R.Hicks) 
o‘zining mazkur muammoga bag‘ishlangan klassik asari “Qiymat va 
kapital”da (Value and Capital) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy 
iqtisodchilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoqdalar
115
. Bu o‘rinda shuni 
ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan 
foydaga berilgan ta’rif
 
aksiyalarning bozor kursi oshishi yoki pasayishi yoki 
ma’lum vaqtda mulk bahosi o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan 
115
J.R.Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University Press, 1946), 172-b.


425 
zararlarni e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz 
qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi 
10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga 
sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln. 
so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni 
e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi, 
Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi 
Sizga qiymat kamayishini foydangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi 
kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir 
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardi-
ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz 
hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa 
tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha 
foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu 
bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini 
hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi, 
ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln. 
so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik 
stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai 
nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0 
mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda 
ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z 
aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir 
bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi
116


Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish