korxonasining 2019-yilgi pul
oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz.
9-jadval
“XYZ” korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti
(soddalashtirilgan shakli)
Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi)
Sof foyda
23,4
Amortizatsiya (+)
+30,0
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik
qarzlari)ning o‘zgarishi (-)
-10,0
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-)
-30,0
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik
qarzlari)ning) o‘zgarishi (+)
+12,0
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy
harakati
25,4
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-)
-90,0
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
To‘langan dividendlar (-)
-10,0
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+)
+94,6
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining
o‘zgarishi
20,0
419
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta
bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar:
a)
operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat;
b)
investitsion faoliyat;
c)
moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi
ko‘rsatadi.
Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga
harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini
sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga
ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ”
korxonasining 2019-yilda
operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil
etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi?
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning sof foyda ko‘rsatkichi va
uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul mablag‘lari o‘rtasida nima
uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular
quyidagilardan iborat:
1)
amortizatsiya xarajat (ajratma)lari;
2)
olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning
o‘zgarishi;
3)
to‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning
o‘zgarishi;
4)
tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi.
Endi “XYZ”
korxonasi hisobotining ushbu qismlarini batafsilroq o‘rganib
chiqamiz.
Birinchidan, 2019-yil bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln.
so‘mni tashkil etdi va 2019-yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu
xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsada,
korxona daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi
shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan
asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul
mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi.
Ammo bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino
va asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni
hisobga oladi. Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab
chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash uchun, avvalo,
birinchi navbatda birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi
kerak bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu
420
ko‘rsatkich yil davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda
xaridorlardan olgan pul miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ”
korxonasi 2019-
yilda jami 200,0 mln so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat
ko‘rsatgan hamda bu to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan
faqat 190,0 mln so‘m. olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab
chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi
ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash
kerak.
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln.
so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi
qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir.
Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar
ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda
hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi
asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun
birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 2019-yilda tovar-moddiy boyliklar
qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa
(kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
korxonasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va unga
mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori (hajmi)
o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 110,0 mln.
so‘m to‘liqligicha chiqarib tashlanadi. O‘z navbatida, operatsion faoliyatdan
kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0
mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida
ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun sof
foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib
,
amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul
tushumlari ko‘rsatkichi bilan korxonaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash
uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof foydani,
biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni hisobga
olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob
yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan
hisobot beradigan korxonalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun
juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning
ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 2019-yil davomida “XYZ” korxonasi yangi zavod
421
binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan. Hisobotning
uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari harakatida –
korxona o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m
to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa muddatli
qarzini ko‘paytirgan.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ”
korxonasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning
ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir
ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 2019-yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga
oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari
natijasida “XYZ” korxonasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan
tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarzolgan. Jami bu 120,0 mln.
so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi asosiy
vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga
sarflangan.
Quyida keltirilgan 6-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy
hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan
ajralib turishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |