O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

24-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY 
KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi. 
2.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar. 
3.
 
Moliyaviy “dastak” samarasi. 
1.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va amaliy 
normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida 
uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga korxonaning bo‘lajak ishini tahlil qilish 
va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Korxonaning moliyaviy hisobotlari 
asosida korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator 
maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli 
korxonalar 
ko‘rsatkichlarini yoki bitta korxonaning turli yillardagi 
ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.
Mazkur koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati samarador-ligining 
quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 
1)
rentabellik (profitability); 
2)
aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 
3)
o‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki 
moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage); 
4)
likvidlik (liquidity); 
5)
bozor qiymati (bahosi) (market value). 
11-jadvalda ushbu koeffitsiyentlarning barchasi va “XYZ”
 
korxonasi uchun 
ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan. 
Jadvalda birinchi bo‘lib, 
rentabellik
koeffitsiyenti keltirilgan. Tahlil 
davomida firma sotish rentabelligi koeffitsiyentini, uning aktivlari rentabelligi 
yoki kapital daromadliligini aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda 
ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi korxona foydasi 
olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda 
olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun 
asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich korxona faoliyatining moliyaviy natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi. 
Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va korxonaning ma’lum vaqtdagi 
moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans 
ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu 
son maxraj sifatida ishlatiladi. 


428 
Bundan keyin jadvalda 
aktivlar aylanuvchanligi
koeffitsiyenti keladi. Ular 
yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali 
foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy 
mezon. 
Debitorlik 
qarzi 
aylanuvchanligi 
va 
tovar-moddiy 
zaxiralar 
aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan 
maxsus mezonlardir.
11-jadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsiyentlari 
likvidlik
koeffitsiyentlaridan 
tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari 
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga 
va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash uchun ishlatiladi. 
Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy 
likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash 
koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng 
yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli 
qog‘ozlari baholanadi. 
Keyin jadvalda 
moliyaviy “dastak”
koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, 
ular firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi 
darajasini aks ettiradi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga 
xizmat qiladi. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa firmaning foiz 
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin. 
Jadvalning so‘nggi bo‘limida bozor qiymati koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan 
bo‘lib, ular yordamida firmaning buxgalteriya hisobidagi ma’lu-motlar uning 
bozor qiymatiga qanchalik to‘g‘ri kelishi baholanadi. Bu guruhdan eng ko‘p 
qo‘llaniladigani – bu aksiya bahosi va sof foyda nisbati koeffitsiyenti va 
aksiyalarning bozor va balans qiymati nisbati koeffitsiyentidir.
Firmaning moliyaviy koeffitsiyentlarini tahlil qilishda, avvalambor, 
quyidagi ikki jihatni inobatga olish zarur: 

vaziyat kimning nuqtai nazaridan baholanadi: aksiyadorlarning nuqtai 
nazaridanmi yoki kreditorlarningmi? 

ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun mezon sifatida nimadan foydalaniladi?

Mezoniy etalonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

xuddi shu davr bo‘yicha boshqa korxonalarning moliyaviy koeffi-
tsiyentlari; 

o‘rganilayotgan korxonaning turli davr bo‘yicha moliyaviy koeffi-
tsiyentlari; 

moliyaviy bozorlardan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, masalan, 
aktivlar bahosi yoki foiz stavkalari. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish