“taklif iqtisodiyoti” nazariyasi
ni ishlab chiquvchi
yangi
konservativ yo’nalish
(AQShda – G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada
– J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. Bu yo’nalishning moliyaviy kontseptsiyasi
iqtisodiy o’sishning jamg’armalar va jamg’arma bilan belgilanishiga asoslanadi.
Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investitsiyalarning etarliligini ta’minlash
uchun jamg’armalarni shakllantirishda etarli shart-sharoitlarni yaratishi kerak.
Davlat va uning moliya tizimiga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish
vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o’sishni uzoq muddatli rag’batlantirishni
ta’minlash biriktirildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning roli
minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kechgi
qorovul va politsiyachi” funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida
soliqlarga faxriy o’rin ajratilgan. Uning vakillari - soliqlarni qisqartirish tarafdori.
Biroq, soliqlarni antitsiklik kon’yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida
qaragan keynschilardan farqli o’laroq, ular jamg’armalar va investitsiyalarning
yuqori darajasini qo’llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini
pasaytirishni talab etdilar.
Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning
soliq kontseptsiyasi
ham keng
mashhurlik kasb etdi. U grafik model asosida soliqlarning yuqori stavkalari
iqtisodiy o’sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning
tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga
oshirilgan soliq islohotlarining negizini (asosini) tashkil qildi.
Postkeynschilar
nazariyalari
.
Yangi
mumtoz
maktab
vakillari
nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bo’lishiga qaramasdan keynschilar
ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda
postkeynschilar yo’nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga
AQShda X.Minskiy, R.Klauer, Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va
boshqalarni kiritish mumkin. Bu yo’nalish ham yangi keynschilarning va ham
324
yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar
nazariyasining asosini hamon moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini
kengaytirish g’oyasi yotmoqda. Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog’i va
u monopoliyalar faoliyatini cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga
yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. “Daromadlar siyosati”da ular sotsial islohotlarni
amalga oshirish va sotsial muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga
chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish metodi bu xarajatlarni
soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig’ini iste’mol solig’i
bilan almashtirish g’oyasini rivojlantiradi. U iste’mol solig’ini shaxsiy
xarajatlarni qondirishga sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish
sifatida talqin qiladi. Uning nazarida, bu chora jamg’arishni rag’batlantirishi va
inflyatsiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G’arb olimlari tomonidan keng qo’llab-quvvatlanildi.
Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona soliqqacha
soddalashtirish tarafdori bo’lib, fuqarolarning faqat iste’mol xarajatlari soliqqa
tortilishi kerak.
XX yuz yillikning oxiri va XX1 yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit
holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi
amaliy faoliyatni afzal ko’rmoqda. Bir vaqtning o’zida esa, amerikalik mashhur
olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular o’zlarining “Ekonomiks. Printsiplar,
muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan,
resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha,
cheklangandir. Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida
uning darajasi turlicha bo’lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solish doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga
yo’naltirilgan fiskal siyosatni qo’llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami
talabga va soliqlarni o’zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko’rsatadi.
Byudjetdan transfert to’lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy
vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o’rtasida
doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo’lishiga qaramasdan,
konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida
qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz
nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo’lgan moliya-kredit-pul mexanizmiga
tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo’jalik hayotiga ta’sir ko’rsatish
uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar,
so’zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish
instrumentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
325
Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy
xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir
qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;
moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro- va
mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaktsiyasidir yoki ma’lum hukmron
sotsial guruhlar buyurtmasining bajarilishidir (ijro etilishidir);
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g’oyalari iqtisodiy o’sishning
etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda
jamiyatga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |