O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

vaqt omili
ni hisobga olgan holda pul 
resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, 
shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy 
qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini 
taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy 
qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish 
yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning 
moliyaviy 
direktori 
tele-kommunikatsiya 
xizmatlari 
bozoriga 
chiqish 
istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik 
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda 
qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga 
ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan 


331 
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni 
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, 
barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani 
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan. 
2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning 
Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech 
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering: 
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob 
varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond
79
ga 
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan 
qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak? 
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki 
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?. 
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki 
restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran 
ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? 
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz 
bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini 
kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, 
telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning 
fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish 
uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi 
yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik 
foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi 
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni 
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda 
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy 
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang. 
“Zamonaviy moliya” (fani)
80
ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta 
79
Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 
356. 
80
Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va 
«Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin. 


332 
muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi 
betdagi 1.1-rasmga qarang): 
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni: 

o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish; 

biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 

qiziqarli va daromadli karera qilish; 

mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari 
qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish; 

dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Shunday ekan, yuqoridagilarning qay biri Sizga maqbul emas? Qaysisini 
men uchun kerak emas, deya olasiz? O‘zingizni ozgina bo‘lsa-da, hurmat 
qilsangiz, yuqorida qayd etilgan har bir holatlarga nisbatan befarq qarash 
huquqiga ega emasligingiz ma’lum bo‘ladi. Ularning Siz uchun har doim, butun 
hayotingiz “sikl”i davomida, “beshikdan – tobutgacha” kerakligini his qilasiz. 
Bunga bizning ishonchimiz komil. 
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish