329
Yuqoridagi holatlarda aynan shu omillarning yetarli darajada hisobga
olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda?
Ularning oqibati nima
bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech
bo‘lganligini,
“poyezd
ketib
qolgan”ligini
sezib,
afsus-nadomat
chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta
bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani
o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta
bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham
(tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq
lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan
holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish (oqilonalashtirish);
aktivlar qiymatini baholash;
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga
xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning
mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok
etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish
hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning
aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat?
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak?
.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs”
(kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday
turli ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi;
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir
(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli
xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy
jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni
shunday nomlash mumkin.
330
Shaxslarning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy
moliya deyiladi.
Demak, “Zamonaviy moliya”
(...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni
qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi
bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida
tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak
miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila
olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha
xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari,
stol va stullar, hatto antiqa
ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur
asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan
noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha)
aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki
ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq
etadi). M
oliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan
bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim
(financial system)
deyiladi.
Bu
tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari
bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy
xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu
barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu
moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu
konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga
Do'stlaringiz bilan baham: