“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili”
deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va
oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda “YOshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima qilishimiz kerak?” degan savollarga
javob topish lozim.
Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining sabablari
talaygina.
Birinchidan
, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yoshlar miqdor
jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi.
Ikkinchidan
, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli
bo‘lgani uchun ular boshqa guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi.
Uchinchidan
,
yoshlar yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib
turadi.
To‘rtinchidan
, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlar o‘z
maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi.
Beshinchidan
,
hali qadriyatlari to‘la shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat
qiladi.
Oltinchidan
, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi hayotimiz
bugun voyaga etayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq
bo‘ladi. Axir, «Yoshlar – kelajak bunyodkori», deb bejizga aytilmagan-ku.
Eng asosiysi
, yoshlar
jamiyatning bir bo‘lagi, uning uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar
muammolariga butun jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda
yoshlar muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.
Murojaatnomada
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa
ajratib ko‘rsatildi.
Bular quyidagilar:
-
Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish
uchun zarur sharoit yaratish;
-
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib
sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish;
-
Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish;
-
Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
-
YOshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
-
Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin etim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga
muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etish.
Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga muhtoj odamlar:
ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini
yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish, ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga
ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida
his qiladi, imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy
imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-ona mehri nasib qilmasa-da, davlat rahbaridan mehr
ko‘radi, adolatli va insonparvar siyosatdan ko‘ngli to‘q bo‘ladi.
Bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshigacha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, undan
ko‘mak olishi Murojaatnomada belgilandi.
Prezidentimiz Murojaatnomada mazkur masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ulug‘
mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning
Do'stlaringiz bilan baham: |