Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining
pul ko‘rinishidagi miqdori.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy
to‘lovlar summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan
daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori.
YA’ni, real daromad
aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari
quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2008 yilda aholining nominal pul daromadlari 2007 yilga nisbatan 34,1
foizga o‘sib, 22626,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari esa
tegishli ravishda 34,2 foizga o‘sib, 22240,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Mamlakatimizdagi aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining keyingi
yillardagi dinamikasi quyidagi jadval ma’lumotlari orqali tavsiflanadi (24.2-jadval).
24.2-jadval
O‘zbekistonda aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining dinamikasi
(mlrd. so‘m)
Ko‘rsatkichl
ar
Yillar
2004
2005
2006
2007
2008
Aholi pul
daromadlari
7634,
4
9728,
6
12954,
9
16872,
7
22626,
3
Aholi pul
xarajatlari va
jamg‘armalari
7561,
1
9533,
0
12680,
7
16572,
8
22240,
7
Pul
daromadlarining
xarajatlardan farqi
73,3
195,6
274,2
299,9
385,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimizda aholi pul daromadlari sezilarli darajada oshib
bormoqda. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari ham o‘smoqda, biroq, bu
o‘sish daromadlar o‘sishi darajasidan ortda qolishi sababli, aholi ixtiyoridagi pul qoldiqlari
miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 2004 yildagiga nisbatan 5,3
barobardan oshgan.
O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
daromadlarning ahamiyatli qismi mol-mulk, tadbirkorlik faoliyati va qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini sotishdan olinmoqda (2008 yilda jami pul daromadlarining 49,9 foizni tashkil
etgan) (24.3-jadval). Jami daromadlarning 33,3 foizi mehnatga haq to‘lash va korxonalardan
olingan boshqa daromadlar hissasiga, 16,8 foiz ijtimoiy transfertlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2008 yilda aholining iste’mol sarflari 2007 yilga nisbatan 36,1 foizga o‘sib, 16613,8 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. Iste’mol sarflarining pul daromadlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 foizni
tashkil qildi.
6
Каримов И.А. Ислоҳотлар ва инвестициялар бўйича идоралараро мувофиқлаштирувчи кенгаш йиғилишидаги маърузаси.
«Халқ сўзи», 2000 йил 2 февраль.
Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, agar 2000
yilda bu o‘sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar hisobiga
ta’minlangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi: pul daromadlari qo‘shimcha
o‘sishining 13,4 foizi mehnatga haq to‘lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va
boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfertlar hisobiga ro‘y berdi (24.1-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: |