harakat qiladi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Jumladan, yaqin uch yil ichida ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bo‘yicha qo‘yilgan strategik
vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar
ko‘paytirildi. 2007 yilning dekabrida o‘rtacha oylik ish haqi, xo‘jalik sub’ektlari
va byudjet
sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng, 2008 yilda esa 300 AQSH
dollaridan ortiq bo‘ldi. 2006 yildan boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va shifokorlar
mehnatiga haq to‘lashning yanada takomillashtirilgan tizimi
joriy etildi.
Natijada keyingi ikki
yilda ularning ish haqi miqdori tegishli ravishda 2,8 va 2,7 barobar oshirildi.
Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush sharoiti
va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘tgan davrda
qator ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Jumladan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro, Guliston, Jizzax
va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha yirik
investitsion loyihalar amalga oshirildi;
- qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari
foydalanishga topshirildi;
- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga, shu
jumladan, qishloq joylarda 77 foizga
etdi;
- tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o‘sdi.
Ta’lim sohasida ham aniq maqsadli umummilliy ijtimoiy dasturlar amalga oshirilib, o‘tgan
yil davomida quyidagi salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi:
- yangi qurilish va kapital rekonstruksiya qilish hisobdan eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya
va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihozlangan 169 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta akademik litsey
hamda 336 ming nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 558 ta umumta’lim maktabi ishga tushirildi;
- 170 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab sport zali barpo
etildi.
Prezidentimiz o‘tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi
ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan natijalar hamda amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarni alohida ta’kidlab o‘tdi:
- mamlakatimizda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi keyini 10 yilda qariyb 20 foizga kamaydi;
- go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yangi tug‘ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nibatan 23 tadan
13 taga tushdi va birgina 2007 yilning o‘zida 11 foizga kamaydi;
- 2007 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga
oshirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga oshirilmoqda;
- tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bo‘g‘inlari qayta ko‘rib chiqilmoqda;
- davolash-profilaktika muassasalari tarmog‘ini qayta tashkil etilmoqda;
- viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo etilmoqda;
- qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning, avvalo,
qishloq joylarda
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda;
- aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan respublika ixtisoslashgan
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i kengaytirilmoqda.
SHuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam
ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam
ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, kadrlar
tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy
dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirildi.
Bu borada Prezidentimiz I.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida amalga
oshirilgan quyidagi ishlar hamda qo‘lga kiritilgan natijalarni ta’kidlab o‘tdi:
- aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami 483600 mln.
so‘m, jumladan, 213200 mln. so‘m byudjet mablag‘i, 270400 mln.so‘m miqdorida grantlar,
ijrochilar hamda homiylar mablag‘i sarflandi;
- 15 ta maxsus maktab-internat va «Mehribonlik» uylarida jami 4800 mln. so‘mlik qurilish-
ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarildi;
- davlat byudjetidan 4600 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflanib, 28 ta «Mehribonlik» uyi
hamda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 114 ta zamonaviy avtobus, 4 ta oilaviy bolalar
uyiga «Damas» mikroavtobusi berildi;
- yosh oilalarning muammolarini echish, avvalo, uy-joy
sotib olish va imorat qurish,
ro‘zg‘orni butlashga ko‘maklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan 57500 mln. so‘mlik
ipoteka va iste’mol kreditlari ajratildi va h.k.
2
SHuningdek, Prezidentimiz aholini ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar 2008 hamda
kelgusi yillarda ham davom ettirilishini ta’kidlab, bu yo‘nalishda bajarilishi zarur bo‘lgan
vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, agar ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar davlat
byujetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53,8 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 54,6 foizdarajasida bo‘lishi ta’kidlandi
3
.
2008 yilda «ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va foydalanishga
topshirish masalalariga
ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar
kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. SHu bilan
birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. SHular
qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat
metr turar-joy binolari va boshqa ob’ektlar qurildi»
4
. Bularning barchasi mamlakat aholisini
ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: