Siyosiy partiyalar o‘z elektoratining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda asosiy vazifalaridan hisoblangan davlat hokimiyati vakillik organlarini
shakllantirishda ishtirok etadilar hamda Oliy Majlis hamda xalq deputatlari
Kengashlariga saylangan o‘z vakillari orqali o‘z maqsadlari va siyosiy
platformalarini ilgari suradilar. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining har bir
fuqarosi o‘z siyosiy irodasini o‘zi xohlagan siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, o‘sha
siyosiy partiya orqali ifoda etishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rni va rolining o‘sishi ularning davlat
bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarini ta’minlashdagi rolining shuningdek,
davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishdagi ishtiroki qamrovining
ortishida namoyon bo‘ladi.
83
Siyosiy partiya jamiyat hayotida davlat vakillik organlarini shakllantirish
va almashtirish mexanizmlarini yaratishda ishtirok etish kabi bir qator hayotiy
muhim vazifalarni bajaradi. O‘z vazifalarining aksariyatini hozirgi partiyalar
saylovda ishtirok etish va so‘ngra hokimiyat vakillik organlarida ishlash
mexanizmlari orqali amalga oshiradilar.
Shunday qilib, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va
faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi
ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik
vazifasini o‘taydi, aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishda, fuqarolarning
siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘ringa ega.
3-§. Respublikada oliy davlat hokimiyat organlarining shakllanishi va
faoliyati
Qonun chiqaruvchi hokimiyat.
Hokimiyatlar bo‘linish prinsipining
birinchi bo‘g‘ini bo‘lmish qonun chiqaruvchi organ xalqaro miqyosda –
parlament deb yuritiladi. “Parlament” fransuzcha “parler” – so‘zlamoq so‘zidan
olingan bo‘lib, parlament – rasmiy so‘zlashish joyi, notiqlik koshonasi,
suxandonxona degan ma’nolarni anglatadi. Parlament birinchi bor XIII asrda
Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, XVII–
XVIII asrlarda boshqa mamlakatlatlarga yoyildi.
Parlament – saylovlar asosida shakllantiriladigan vakillik va qonun
chiqaruvchi
organ
bo‘lganligi
bois,
u
konstitutsiyaning
demokratik
xususiyatlarini yaqqol namoyon etuvchi institutdir. Saylangan vakillardan iborat
bo‘lgan parlament butun jamiyatning rang-barang manzarasini, turli-tuman
ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda eta oladi.
O‘zbekistonda parlament islohoti bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Dastlab O‘zSSR Oliy Kengashidan – mustaqil O‘zbekiston Oliy Kengashiga,
84
so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va, nihoyat, yarimprofessional
bir palatali parlamentdan professional ikki palatali parlamentga o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar
mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi Oliy Kengash
hisoblanar edi. Yuridik fanlari doktori, professor X.Odilqoriyevning fikricha,
O‘zbekiston Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan quyidagi bir qator
xususiyatlari bilan ajralib turadi:
-
Oliy Majlis ko‘ppartiyaviylik asosida shakllandi, deputatlik fraksiyalari
tashkil etildi;
-
Oliy Majlis deputatlarini shakllantirish sobiq Oliy Kengashni sinfiy
prinsip asosida soni va o‘rnini avvaldan ko‘rsatib shakllanishidan butunlay farq
qilib, hozirda mavjud siyosiy partiya vakillaridan iborat nomzodlar orasidan
muqobillik asosida saylandi;
-
Oliy Majlis tarkibidagi deputatlarning ma’lum bir qismi doimiy
ishlashga jalb etildi;
-
Oliy
Majlis
O‘zbekistonning mustaqil tashqi siyosat olib
borayotganligini qonunchilik darajasida ifodalab beradi, jumladan, Oliy Majlis
Parlamentlararo Ittifoq, YeXHTning Parlament Assambleyasi a’zosidir.
O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq Oliy
Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning,
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik
jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini
mustahkamlashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi
asoslari
to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston
Respublikasi davlat ramzlari to‘g‘risida va boshqa bir qator qonunlarni qabul
qildi.
85
Ularda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hududiy saylov okruglari
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar
deputatdan (O‘zbekiston SSRning 1978-yildagi Konstitutsiyasiga binoan o‘n
ikkinchi chaqiriq Respublika Oliy Soveti deputatlarining soni 500 kishidan
iborat edi) iborat bo‘ladi, deb belgilab qo‘yildi.
1994-yil 25-dekabr hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq
umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish
yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov
okruglarida 1995-yil 8- va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Uch
bosqichda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar deputatdan iborat
tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazildi.
Shu tariqa, mamlakatimizda yangi parlamentga bo‘lgan saylovlar muvaffaqiyatli
yakunlandi.
Oliy
Majlisni
demokratik
yo‘l
bilan
shakllantirishning
mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi.
1994-yil 25-dekabrdagi saylovlar asosida Oliy Kengash o‘rniga
ko‘ppartiyaviylik asosida demokratik prinsiplarga asoslanib faoliyat yuritadigan
bir palatali parlament – Oliy Majlis shakllantirildi. Ushbu parlament 1995–
2004-yillarda faoliyat ko‘rsatdi. Parlamentda fraksiyalar faoliyat ko‘rsata
boshladi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda fraksiya siyosiy partiyalardan
ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik
palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi belgilab qo‘yildi.
Biroq Oliy Majlis ikki chaqirig‘i o‘rtasidagi davrda siyosiy partiyalar
fraksiyalarining faoliyatida asosiy funksiya, ya’ni yangi qonun loyihalarini ilgari
surish vazifasi samarali bajarilmadi. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oliy
Majlis birinchi va ikkinchi chaqiriqlarida samarali ishlamagani obyektiv omil,
ya’ni vakillik organlarida deputatlar faoliyatining asosiy ish bilan qo‘shib olib
borilishi bilan ham bog‘liq edi.
86
2002-yil 12–13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda xalqimizning xohish-irodasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar hamda ularni
amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi.
Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan
iborat etib shakllantirildi. Bu o‘zgarishlar 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘z ifodasini topdi. 2003-yil 29-avgustda
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi qonunga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Shu tariqa, ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning
konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil dekabr – 2005-yil yanvar
oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylov o‘tkazildi.
Jumladan, 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2005-yil 17–20-yanvar kunlari esa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylov bo‘lib o‘tdi.
2005-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata –
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib
shakllantirildi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga respublikaning har bir hududidan 6 nafardan,
jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyaning 77-moddasiga muvofiq, Senatning
16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va
jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan
hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Jami bo‘lib, Senat 100 ta
senatordan iborat bo‘ldi.
87
2004-yilgi
saylov
yakunlariga
ko‘ra
ikki
palatali
parlament
shakllantirilgach, O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘z
taraqqiyotida yangi bosqichni boshladi. Ikki palatali tizimga o‘tish zaruratining
asosiy sabablaridan biri parlamentni kuchaytirish, jumladan qonun chiqarish
jarayonini to‘liq professional asosga o‘tkazish, qabul qilinayotgan qonun va
qarorlar sifatini oshirish ehtiyoji edi. Shunday qilib, yuqori palataga
“konservativ va hududiy element” ko‘chdi, partiyalar va fuqarolarning
tashabbuskor guruhlaridan umumxalq ovoz berishi orqali saylangan deputatlarga
aholining turli ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining siyosiy irodasini ifodalash
uchun ko‘plab imkoniyatlar qoldirdi. Senatorlar qonunchilik ishida qonun
loyihasining oxirgi bosqichidagina qonunni ma’qullash yoki rad etish orqali
ishtirok etadilar.
2006–2007-yillardagi konstitutsiyaviy islohotlar natijasida fraksiyalarning
roli ancha kengaytirildi. Buning shart-sharoitini qonun loyihalarini ko‘rib
chiqish va qabul qilish davomida tortishuv va fraksiyalararo kurash
jarayonlarining hamda Qonunchilik palatasining vakolatiga kiritilgan boshqa
masalalarning jadal rivojlanishi tashkil qildi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 2-moddasiga ko‘ra, “O‘z dasturiy
maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok
tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik
harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi
mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki
uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari,
shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini
muxolifat deb e’lon qilishi mumkin”.
88
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2004–2014-yillarda O‘zLiDeP,
“Adolat” SDP va “Milliy tiklanish” DP fraksiyalari demokratik blokka
birlashgan bo‘lsa, 2015-yilda shakllangan quyi palatada O‘zLiDeP va “Milliy
tiklanish” DP fraksiyalari demokratik blokka birlashdi, O‘zbekiston XDP va
“Adolat” SDPlar o‘zlarini muxolifatchi partiya sifatida e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |