partiyalar teng kurash olib bordilar.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
to‘g‘ri
ta’kidlaganidek, “milliy qonunchiligimizda bo‘lajak saylovlarda deputatlikka
nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat’iy belgilab
qo‘yilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak
ma’suliyat ham yuklaydi”
3
.
Siyosiy partiyalar asosan saylov jarayonining ikki bosqichida, ya’ni
1
https://www.norma.uz/uz/nhh_loyihalari/poytahtimizda_halq_deputatlari_tuman_kengashlari_paydo_buladi
2
Сайлов-2017 натижалари: ЎзЛиДеП етакчиликни сақлаб қолди //
https://www.xabar.uz/post/saylov-2017-natijalari-ozlidep-etakchilikni-saqlab-qoldi
3
Мирзиёев Ш.М. Сиёсий партиялар демократик жараёнларнинг фаол иштирокчисига айланиши керак
(22.08.2019) // www.prezident.uz/uz/lists/view/2819.
76
nomzodlarni ko‘rsatish va saylovoldi targ‘ibot-tashviqot bosqichlarida faol
ishtirok etadilar. S.A.Avakyan, M.V.Proxorovlarning fikricha, aynan shu
bosqichlarda saylov instituti va siyosiy partiyalarning saylov funksiyalari
to‘laligacha o‘z aksini topadi
1
.
Partiyalar o‘z saflariga imkon qadar faol, bilimli, fidoyi kadrlarni jalb
qilsalar, partiyalarning o‘z dasturiy maqsadlariga erishish imkoniyatlari yana
oshib boradi. Shu sababli ham saylovlar davrida deputatlikka nomzodlarni
ko‘rsatish jarayonida siyosiy partiyalar nomzodlarni tanlash va ko‘rsatish
jarayonida har bir kadrga alohida mas’uliyat bilan yondashishlari lozim.
V.N.Danilenko ham “bu jarayonda “davlat mashinasining asosiy richagini”
qaysi shaxslar egallashi belgilanadi”, deb to‘g‘ri fikr bildirgan
2
.
2019-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik
organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar qator o‘ziga xosliklari bilan ajralib turdi.
Jumladan,
•
18-kodeks, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul
qilindi (2019 -yil 25-iyun);
•
deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalardan ko‘rsatildi;
•
Qonunchilik palatasida deputatlik o‘rinlari uchun O‘zbekiston Ekologik
harakati vakillariga kvota ajratish instituti chiqarib tashlandi;
•
saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish tartibi joriy
etildi;
•
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni
sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarib
tashlandi;
•
ovoz berish jarayonida saylovchilarga bir nechta belgilardan (+, √, X)
birini qo‘yish imkoniyati berildi.
Shuningdek, saylov kampaniyasi doirasida O‘zbekiston tarixida birinchi
1
Авакьян С.А., Прохоров М.В. Ихбирательный процесс и общественные объединения: к выборам
депутатов Государственный Думы. – М., 1999. – С. 23.
2
Даниленко В.Н. Политические партии и буржуазное государство. – М., 1984. – С.157.
77
marta saylovlarga qabul qilingan siyosiy partiyalar mamlakatning ko‘p joylarida
o‘z tarafdorlari bilan kelishilgan tinch mitinglar va yurishlar o‘tkazishni
boshladilar. Mitinglar saylovoldi tashviqotiga va ular uchun ovoz berishga
bag‘ishlandi, ba’zi partiyalar korrupsiya, qalbaki giyohvand moddalarning
noqonuniy savdosi va boshqalarga qarshi mitinglar o‘tkazdilar.
2019-yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda fuqarolarimiz tomonidan
150 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, 831 nafar viloyat va
Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, 5738 nafar shahar va tuman deputatlari
saylandilar.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalarning egallagan o‘rni
quyidagicha bo‘ldi: O‘zLiDeP – 53 nafar (35,4%), MTDP – 36 nafar (24%),
ASDP – 24 nafar (16 %), XDP – 22 nafar (14,6%), Ekopartiya – 15 (10%) nafar
deputat o‘rinlarini egalladilar. Mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylov
yakunlariga ko‘ra ham LiDeP etakchi partiya bo‘lib qolgan (35 %), ammo
parlamentda 4-o‘ringa tushib qolgan XDP bu saylovda 2-o‘rinni (24%)
egallagan. Qolgan siyosiy partiyalar ketma-ketligi yuqoridagi natijalarga
o‘xshash (MTDP – 18 %, ASDP – 13 %, Ekopartiya – 10 %)
1
.
Prezident SH.Mirziyoyev 2021-yilning 8-fevral kuni “Saylov qonunchiligi
takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi 670-sonli qonunni
imzoladi. Qonun bilan kiritilayotgan о‘zgartishlarga kо‘ra, prezidentlikka,
parlamentga, mahalliy kengashlarga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy
vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi о‘n kunligining birinchi
yakshanbasida о‘tkaziladigan bо‘ldi. Bungacha saylovlar dekabr oyida
о‘tkazilar edi.
Saylov qonunchiligiga bir qator о‘zgartishlar kiritildi:
•
milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga saylov о‘tkazuvchi okrug saylov
1
Сайлов – 2019: ютуқлар, муаммолар, таклифлар. – Т.: ЎзР МСК, 2020. – Б. 97.
78
komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar)
saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda;
•
xorijda istiqomat qilayotgan о‘zbekiston fuqarolarini diplomatik
vakolatxonalarning konsullik hisobida bо‘lishi yoki bо‘lmasligidan qat’i nazar
saylovchilar rо‘yxatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda yashayotgan yoki
ishlayotgan joyida kо‘chma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari
yaratilmoqda;
•
qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy
qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar о‘z tashrifi haqida
kamida 3 kun oldin xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, YEXXTning Demokratik institutlar va inson huquqlari
bо‘yicha byurosining tavsiyalari asosida ham qator о‘zgartishlar kiritilmoqda:
saylov
komissiyalarining
nomzodlarning
saylovchilar
bilan
uvchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda;
saylov natijalarini e’lon qilish muddatlarining asossiz chо‘zilishining oldini
olish maqsadida saylov komisiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10
kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda;
siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘lardan
foydalanishning shaffofligini ta’minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan
oldin oraliq va saylovdan sо‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek,
Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi
joriy etilmoqda
1
.
Shunday qilib, saylov davrida siyosiy partiyalarning har bir nomzodi
g‘alaba qozonishga harakat qiladi, hayotga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishga, o‘z
dasturining maqsad va vazifalarini xalqqa etkazishga intiladi, aniq maqsad,
raqobat muhiti yuzaga keladi. Saylovchi nafaqat o‘zi tanlagan nomzodga, balki
1
Ўзбекистон Республикасининг Сайлов қонунчилиги такомиллаштирилиши муносабати билан
Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш
тўғрисида”ги қонун (2021 йил 8 февраль) // www.lex.uz / Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий
базаси, 09.02.2021 й.. 03/21/670/0089-сон
79
o‘sha nomzod a’zo bo‘lgan siyosiy partiyaga ham ovoz beradi, uning
g‘oyalariga ishonch bildiradi. Shu sababdan ham saylovlar siyosiy partiyalar
uchun juda muhim siyosiy imtihon vazifasini o‘taydi. Saylov natijalariga ko‘ra
qaysi partiyaning dasturi, maqsad va vazifalari xalqchil ekanligi, O‘zbekiston
xalqi qaysi partiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi ayon bo‘ladi. Saylovda
ishtirok etib, yetarli ovoz yig‘a olmagan partiyalar uchun esa o‘z faoliyatining
ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, tegishli xulosalar chiqarish imkoni
paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |